R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə54/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   226
3.3. Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish 

Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z


vaqtida tuzatish zarur. Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki
yoppasiga tekshirish usullari qo‘llaniladi. Yozuvlardagi xatolar har xil
bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki
summa noto‘g‘ri yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jam-
lashda xatoga yo‘l quyilishi, xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda
schotlar korrespondensiyasi noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli
bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan bo‘lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi
lozim.
Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va
aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: kor-
rektura, qizil storno va qo‘shimcha yozuv. 
Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga
qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yo-
zuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va


95
yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib quyiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida te-


gishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar
tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga
o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun bel-
gilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumot-
nomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar
daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l
quyilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan
buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumot-
nomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa
xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib quyiladi).

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin