97
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m.
Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m
qo‘shimcha yozuv qilinadi (40000-35000).
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –5000 so‘m,
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti –5000 so‘m
Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik
muomalasini
to‘g‘ri aks ettiradi.
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno
usulidan, ham qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsat-
kichlari tartibga solinib ham turiladi.
Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob-
kitobga muvofiq reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq
summasi qizil storno yoki qo‘shimcha yozuv yo‘li
bilan hisob reg-
istrlarida rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot (ish, xizmat) ning haqiqiy
tannarxi reja tannarxidan oshiq bo‘lsa, u holda qo‘shimcha yozuv usuli-
dan foydalanib, farq summa
oddiy rang bilan yoziladi, agar teskarisi
bo‘lsa, unda qizil storno usulidan foydalaniladi.Shunday qilib, mahsulot
(ish, xizmat) larning reja tannarxi bo‘yicha baholanib schotlarda aks et-
tirilgan qiymati tartibga solish yozuvi yordamida
haqiqiy tannarx dara-
jasiga yetkaziladi.
Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va
raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish
kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya
hisobini yuritishda
xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi
turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob
registrlarining u yoki bu tartibda o‘zaro bog‘lanishi
aniqlanadi va hisob
registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi
qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar
va hisob registrlarining turli xil birlashmalari
buxgalterlik hisobining har
xil shakllarini ishlab chiqishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: