101
dan mustaqil ravishda yuritiladi. Analitik hisob registrlari sifatida
daftarlar va kartochkalardan foydalaniladi.
Sintetik va analitik hisobning to‘g‘riligi sintetik va analitik schotlar
bo‘yicha oborot qaydnomalarini solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi.
Memorial-order shaklining umumiy chizmasi quyidagicha (3.2-rasm):
3.2-rasm. Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining umumiy
chizmasi
Bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, hisobning memorial-order
shakli unchalik murakkab emas. Unda hisob ishlari buxgalteriya
xodimlari o‘rtasida ularning malakasi va tajribasiga qarab taqsimlanishi
oson.
Memorial-order shaklining afzalliklari: yaqqollik,
korxonalarda
joriy davr uchun hisob hujjatlari ko‘p bo‘lmaganida qo‘llash qulayligi.
Buxgalteriya hisobi memorial-order shaklining kamchiliklariga
quyidagilar kiradi:
3
bitta hisob yozuvining har xil hisob registrlarida ko‘p marta
takrorlanishi;
memorial-order shaklida sintetik hisob ikkita hisob registrida –
Ro‘yxatga olish jurnali va Bosh daftarda yuritiladi;
Hisobning memorial‐order shakli
Dastlabki hujjatlar
Memorial‐orderlar
Guruhlovchi‐jamlama
qaydnomalar
Кassa daftari
Analitik
hisob
registrlari
Registratsiya jurnali
Bosh daftar
Sintetik schotlar
bo‘yicha oborot
qaydnomasi
Analitik schotlar
bo‘yicha oborot
qaydnomasi
Buxgalteriya
balansi
‐ joriy yozuvlar
‐ yozuvlarni tekshirish
102
3
analitik va sintetik hisob o‘rtasida vaqt bo‘yicha uzilish, ya’ni
muomalalarni analitik schotlar bo‘yicha tarqatib yozish (raznoska)
ko‘pincha balans tuzishdan
bir necha oy kechikishi mumkin;
3
hisob registrlari hisobot shakllarini tuzishda zarur bo‘ladigan
ko‘rsatkichlarni guruhlash uchun unchalik moslashmagan. Shuning
uchun ma’lumotlarni dastlabki hujjatlardan yig‘ib olish va umumlashti-
rishga to‘g‘ri keladi va bu hisob qo‘lda yuritiladigan sharoitda ish ha-
jmini ko‘paytiradi.
Buxgalteriya hisobi memorial-order
shaklining turlaridan biri
«Bosh-jurnal» shakli hisoblanadi. U ishlab chiqarish hajmi katta
bo‘lmagan korxonalarda, alohida muassasalarda va ayrim moliya or-
ganlarida yuritiladi.
«Bosh-jurnal» shakliga memorial-orderlar asos bo‘lib, ular «Bosh-
jurnal» deb ataladigan har oyda sintetik hisob registriga yozib boriladi.
Uning shakli quyidagicha (3.5-jadval):
3.5-jadval
Dostları ilə paylaş: