R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə57/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   226
3.4. Buxgalteriya hisobining asosiy shakllari 

Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalan-
ishning ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan
ma’lum tizimga aytiladi.


98
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob reg-


istrlarining o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-
ketligi va bajarilish texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydi-
gan asosiy belgidir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishning
rivojlanishi bilan buxgalterlik hisobining shakli tushunchasi o‘zgarmoq-
da va kengaymoqda.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining asosiy
shakllariga memorial-order, jurnal-order va avtomatlashtirilgan
shakllari kiradi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes korxonalarining
shakllanishi va rivojlanishi natijasida ularning moliya-xo‘jalik faoli-
yatini aks ettiradigan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli
vujudga keldi.
Talabalarga tushunarli bo‘lishi uchun bu hisob shakllarini alohida
misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli. Buxgalteriya
hisobi memorial-order shaklining mohiyati xo‘jalik muomalalarini aks
ettiruvchi dastlabki hujjatlarga asoslanib, buxgalteriyada rasmiylashtiri-
ladigan hujjatlar – memorial-orderlar tuzilishidan iborat. Bu hujjatlar
bosh buxgalter tomonidan qaysi sintetik va analitik schotlarga memorial-
orderni tuzishga asos bo‘lgan hujjatda aks ettirilgan xo‘jalik muomalasi
bo‘yicha yozuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Memorial-
order shaklining paydo bo‘lishi har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning
imkoniyatlarini umumiy talablar bilan birlashtirishga yordam berdi.
Alohida faktlarni ro‘yxatga olish uchun zarur qaydnomalar ochiladi.
Memorial-order bitta hujjatga asosan tuzilgani kabi, bir turdagi hu-
jjatlar guruhiga asosan ham tuzilishi mumkin (3.1-jadval).

3.1-jadval 
01-MEMORIAL-ORDER 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin