ish hujjati, shuningdek, dastlabki, bir martalik va bir qatorli hujjat
bo‘lib hisoblanadi; guruhlovchi qaydnoma buxgalteriyada rasmiy- lashtiriladigan yig‘ma, bir martalik hujjat; limit zabor kartasi isbot- lovchi, farmoyish, dastlabki va yig‘ma hujjat bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
unining 8-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki u
vakolat bergan shaxslar tomonidan pul, tovar-moddiy va boshqa
boyliklarni qabul qilish va berish uchuy asos bo‘lib xizmat qiladigan
hujjatlar, korxona muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob ma-
jburiyatlari hamda buxgalteriya hisobotlari va balanslari imzolanadi.
Shuningdek, xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va subyekt
nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning
lavozimi va buxgalterlik funksiyalari hamda rahbarlik funksiyalarini
amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul summalari
bo‘yicha cheklanishlarga ko‘ra imzo huquqlarining iyerarxiyasi (ketma-
ketligi) o‘rnatiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan elektron
raqamli imzodan foydalanilganida zarur ehtiyotkorlik choralari va
tegishli nazorat o‘rnatilishi zarur.
Elektron raqamli imzo deb elektron hujjatdagi mazkur elektron
hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan
holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron
raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda
xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining
egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.