90
balarining harakati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sintetik va analitik
hisob schotlari bo‘yicha guruhlanadi va sistemalashtiriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari asosida korxonaning ichida va yu-
qori tashkilotlarining korxona faoliyatini
nazorat va rahbarlik qilish
uchun hisobotlar tuziladi.
Hisob registrlaridan olingan ma’lumotlar korxona va uning
bo‘linmalariga rahbarlik va nazorat qilish hamda iqtisodiy tahlil qilishda
foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish hisobda qayd
qilish deyiladi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda qayd qilish jarayoni
Hisob registrlarining mazmuni va ularni grafalash xo‘jalik
muomalalarining xususiyati hamda ularni hisobga olish tartibiga bog‘liq.
Buxgalteriya hisobi registrlari tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra bux-
galteriya daftarlari, kartochkalari, alohida varaqalarga va mashino-
grammalarga bo‘linadi
Buxgalteriya daftarlari – bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan
qog‘oz varaqlaridir. Muqovasida muayyan korxonaning nomi, hisobot
yili va buxgalterlik hisobi schotlarining nomi va shifri ko‘rsatiladi.
Daftar varaqlari buxgalteriya yozuvlari
yozilishiga qadar raqamlanadi,
ayrim maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan daftarlar ip o‘tkazib, ipning uch-
lari daftarning oxirgi betiga surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi va
«Ushbu daftarda hamma betlar raqamlangan» degan yozuv yozilib,
korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari quyiladi.
Daftarning
kerakli betini tez topish maqsadida uning birinchi betiga mundarija
qilinadi.
So‘nggi yillarda daftar shaklidagi hisob registrlari kam qo‘llanil-
moqda. Chunki, ular hisob xodimlari orasida vazifalarni taqsimlashda
noqulay va xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisoblash texnikasidan
foydalanishni qiyinlashtiradi.
Xo‘jalik muomalalarini hisobda
qayd qilish jarayoni
Dastlabki
hujjatlar
Moliyaviy va
boshqa
hisobot shakllari
Buxgalteriya hisobi
registrlari (analitik va
sintetik)
91
Kartochkalar xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun
mo‘ljallangan bir xil shakldagi qog‘oz va kartondan tayyorlangan, max-
sus rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir. Ular analitik hisob
uchun ishlatiladi.
Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil
boshida reestrda avval qoldig‘i bor schotlar bo‘yicha ochilgan kartoch-
kalar, so‘ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik
tartibda qayd qili-
nadi. Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi va korxona buxgalteri-
yasida maxsus quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalarni saqlash va
ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun kartoteka bo‘lgichlar (karton
plastinkalar) va indiqatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Jam-
lash va hisoblash texnikasida bajarilganda ham kartochkalardan foy-
dalanish yozuvlarni bajarishga imkon beradi.
Bundan tashqari ular hisob
xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: