93
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda
to‘ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar)
va ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.
Kompyutyer yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumot-
larning mazmunini, balki registrlar shakllarining o‘zini ham olish
mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra:
bir to-
monlama, ikki tomonlama, ko‘p grafalari, chiziqli va shaxmatli reg-
istrlarga bo‘linadi.
Bir tomonlama registrlar – bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kito-
blarni va boshqa muomalalarni hisobga olishga
doir har xil kartoch-
kalardir. Ularda debet va kredit yozuvlarning alohida grafalari bir-
lashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari deb xo‘jalik muomalalarini aks
ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning
chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan
registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish
kartochkalari misol bo‘ladi.
Ko‘p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir
necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish
daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar – bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bun-
day registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida
amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va krediti bo‘yicha
aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlarida bir xil axborotlar bitta satr bilan yozi-
ladi. Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
qaydnomasi te-
gishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur
miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida
natijaviy ma’lumotlarni alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan
mashinagrammalar qo‘llaniladi.
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha
sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda
esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar
ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order
shaklida qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish,
nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar
tuzish uchun
kyerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bux-
94
galterlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini
oshirishning muhim shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh
yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida
yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan,
o‘z vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim.
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqti-
sodiy tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga
imkon beradi.
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga
yozish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bi-
lan taqqoslanadi.
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob
schotidan olingan yoki kas-
sadan hisob-kitob schotiga topshirilgan summalar to‘g‘ri aks ettiril-
ganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi qaydnoma qismining
jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order qaydnoma qis-
mining jami 1-ASK jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjat-
larni tuzishda va ishlashda hamda hisob registrlariga yozishda har xil
xatolarga yo‘l quyilishi mumkin (raqamlarni
yozishda aniqlash, jam-
lashda va korrespodensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish).
Dostları ilə paylaş: