R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə56/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   226
Qo‘shimcha yozuv usuli schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin
xo‘jalik muomalasining summasi yozilishi kyerak bo‘lganidan kam qilib
yozilgan paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam)
yozilgan yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kyerak bo‘lgan
to‘g‘ri summa o‘rtasidagi farqiga tuziladi.
Masalan, mol etkazib beruvchilardan 40000 so‘mlik Material
olingan. Schotlar korrespondensiyasida esa 35000 so‘m deb ko‘rsa-
tilgan.
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –35000 so‘m,
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga


97
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m.


Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m
qo‘shimcha yozuv qilinadi (40000-35000).
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –5000 so‘m,
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti –5000 so‘m
Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini
to‘g‘ri aks ettiradi.
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno
usulidan, ham qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsat-
kichlari tartibga solinib ham turiladi.
Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob-
kitobga muvofiq reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq
summasi qizil storno yoki qo‘shimcha yozuv yo‘li bilan hisob reg-
istrlarida rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot (ish, xizmat) ning haqiqiy
tannarxi reja tannarxidan oshiq bo‘lsa, u holda qo‘shimcha yozuv usuli-
dan foydalanib, farq summa oddiy rang bilan yoziladi, agar teskarisi
bo‘lsa, unda qizil storno usulidan foydalaniladi.Shunday qilib, mahsulot
(ish, xizmat) larning reja tannarxi bo‘yicha baholanib schotlarda aks et-
tirilgan qiymati tartibga solish yozuvi yordamida haqiqiy tannarx dara-
jasiga yetkaziladi.
Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va
raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish
kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda
xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi
turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob
registrlarining u yoki bu tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob
registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi
qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar
va hisob registrlarining turli xil birlashmalari buxgalterlik hisobining har
xil shakllarini ishlab chiqishga olib keladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin