99
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jur-
nalida qayd qilib boriladi (3.2-jadval).
3.2-jadval
Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali
Yanvar 200__ y.
Memorial-orderning tartib raqami
Orderning sanasi
Memorial-
orderdagi summa
1 2
yanvar
120000
2
4 yanvar
80500
va h.k.
Yanvar uchun jami
4005000
Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga olish daftariga yozil-
ganda ularga tartib raqami beriladi.
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik
muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu
muomalalarni rasmiylashti-
radigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan,
«Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensiyalanadigan schot-
larning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-or-
der, «Kassa» schotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuzi-
ladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha
ularni oy
oxirida sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashti-
radigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini
beradi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga
olish daftarida qayd qilin-
ganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi.
Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga
ega bo‘lib, har bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi.
Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schot bo‘yicha
korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib,
u yoki bu
davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi.
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat qaydnomasi deb ham
ataladi. Bosh daftar schotlarida faqat hisobot
davri uchun joriy oborotlar
hisobga olinadi.