104
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order
shakli ma’lumotlarni joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta’minlay-
digan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida sistemalashtirish va
to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik
korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va
yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining bu
shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir.
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita
jurnal-orderda va qayd-
nomalarda to‘planib boradi. Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xro-
nologik yozish bir vaqtning o‘zida ya’ni, bir xil ish usulida amalga
oshiriladi.
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni
bo‘lmagan hollarda yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi.
Jurnal-
orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schotlar aloqasi ko‘rsatilgan holda
hisob yuritishga asoslangan.
Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga
ko‘ra bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi.
Shuning uchun ayrim
jurnal-orderlar bir necha schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni aks
ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri gu-
ruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy
schotlar aloqasi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy ta-
moyillarga asoslanadi:
jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli
schotlarning krediti
bo‘yicha debetlanuvchi schotlar ko‘rsatilib yozilishi;
sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtiril-
ishi;
buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qil-
ish, davriy va yillik hisobot tuzishni ta’minlaydigan yo‘nalishda
aks et-
tiriladi;
davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik hisob
moddalarining nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi
oldindan belgilangan hisob registrini qo‘llash.
Yuqoridagi tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order
shaklining mohiyatini tushunish maqsadida 5010-«Milliy
valyutadagi
pul mablag‘lari» schoti bo‘yicha yuritiladigan 1-ASK jurnal-orderini
ko‘rib chiqamiz (3.6-jadval).