130
-
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki
buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi davlat organi me’yoriy huj-
jatlarining o‘zgarishi;
-
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida
buxgalteriya hisobini yuritishning yangi usullari ishlab chiqilishi;
-
korxona faoliyatining jiddiy o‘zgarishi.
Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo‘llash
to‘g‘risida moliyaviy ahvolni, pul oqimlarini
yoki moliyaviy natijalarni
ishonchli baholash mumkin bo‘lmagan, buxgalteriya hisobini yuritish
usullari muhim deb e’tirof etiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag‘larining
xarakati yoki
faoliyatining natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsata oladigan
hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlari pul ifodasida baholanadi. Hisob
siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini pul ifodasida
baholash buxgalteriya
hisobining o‘zgartirilgan usuli qo‘llanila boshlagan sanaga, korxona to-
monidan chiqarilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini
aks ettirish hisobot davri
uchun tegishli ma’lumotlarni hisobot davridan oldingi davrdagi moli-
yaviy hisobotga kiritishdan iborat. Ko‘rsatilgan tuzatishlar faqat moli-
yaviy hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech
qanday buxgalteriya yo-
zuvlari amalga oshirilmaydi.
Hisob siyosatini o‘zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nis-
batan pulda ifodalash unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda bux-
galteriya hisobini yuritishni o‘zgartirilgan
usuli faqat bunday usul
kiritilgan xo‘jalik faoliyati faktlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini
ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirishlar yilning 1-yanvari-
dan ya’ni moliya yilining boshidan kiritilishi lozim.
Hisobot yilidan keyingi yil uchun hisob siyosatiga kiritilgan
o‘zgartirishlar moliyaviy hisobotni tushuntirish xatida izoh beriladi.
Korxona faoliyatida birinchi marta vujudga
kelgan yoki oldin mavjud
bo‘lgan faktlardan mohiyatan farq qiladigan xo‘jalik faoliyati faktlarini
buxgalteriya hisobida yuritish usulini tasdiqlash hisob siyosatining
o‘zgartirishi hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: