R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
NAZORAT TESTLARI 
1. Korxonaning moliyaviy holati tahlilining asosiy axborot manbalari qaysi 
javobda berilgan? 
A) Buxgalteriya balansi (1-shakl); moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-
shakl); pul oqimlari haqidagi hisobot (4-shakl); xususiy kapital to‘g‘risidagi 
hisobot (5-shakl); buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schetlari 
ma’lumotlari 
B) Uzoq muddatli aktivlar va pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot; schyot-
fakturalar, to‘lov topshiriqnomalari, bosh daftar ma’lumotlari 
C) Buxgalteriya balansi (1-shakl); pul oqimlari haqidagi hisobot (4-shakl); xususiy 
kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl); Uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar 


163 
to‘g‘risida ma’lumotnoma 
D) Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl); pul oqimlari haqidagi 
hisobot (4-shakl); xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl); statistik 
hisobot; boshqaruv hisobi ma’lumotlari 
2. Korxona aktivlari tarkibiga nimalar kiradi? 
A) Asosiy vositalar va joriy majburiyatlar 
B) Uzoq muddatli aktivlar va xususiy kapital 
C) Uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar 
D) Joriy aktivlar va majburiyatlar 
3. Korxonaning majburiyatlari tarkibiga nimalar kiradi? 
A) Qisqa va uzoq muddatli kreditlar, debitorlik qarzlari 
B) Qisqa, o‘rta va uzoq muddatga olingan qarz mablag‘lar, tovar moddiy zaxiralar 
C) Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kreditlar va pul mablag‘lari 
D) Uzoq muddatli majburiyatlar va joriy majburiyatlar 
4. Korxonaning to‘lov qobiliyatini baholashda qanday ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi? 
A) Mutloq to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti, oraliq to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti, 
joriy to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti 
B) Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti, moliyaviy mustahkamlik koeffitsiyenti, 
joriy to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti 
C) O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti, moliyaviy 
mustahkamlik koeffitsiyenti, oraliq to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti 
D) O‘z va qarz mablag‘larining o‘zaro nisbati koeffitsiyenti, Mutloq to‘lov 
qobiliyati koeffitsiyenti, Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin