R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligi asosiy vositalarining texnik holatini tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.4-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi asosiy vositalarining texnik holatini tahlili
Yillar 
Boshlang‘ich 
qiymati, 
ming so‘m 
Eskirish 
qiymati, 
ming so‘m 
Qoldiq 
qiymati, 
ming so‘m 
Eskirish 
darajasi, % 
Yaroqlilik 
darajasi, % 
1. O‘tgan yili 
88154 
39669 
48485 
44,9 
55,1 
2. Hisobot yili 
101991 
46259 
55732 
45,4 
54,6 
3. Farqi, (+,-) 
+13837 
+6590 
+7247 
0,5 
-0,5 
7.4-jadval ma’lumotlari asosida “Sharq” fermer xo‘jaligining asosiy 
vositalarini texnik holatiga baho berish mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan 
ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi o‘tgan yili 
55,1 % ni, joriy yilda 54,6 % ni tashkil qilgan. Bu shundan dalolat beradiki, asosiy 
vositalarning yaroqlilik darajasi o‘tgan yilga nisbatan -0,5 % ga pasaygan. Bu 
ko‘rsatkichning past bo‘lishi asosiy vositalar eskirish darajasi salmog‘ining o‘tgan 
yilga nisbatan oshganligidan dalolat beradi. Fermer xo‘jaligida o‘tgan yilga 
nisbatan eskirish darajasi 0,5 % ga ko‘tarilishi va aksincha yaroqlilik darajasining 
0,5 % ga pasayishi fermer xo‘jaligi rahbariyatini o‘ylantiradigan holat hisoblanadi. 
Fermer xo‘jaligida asosiy vositalarning eskirish summasi o‘tgan yilda 39669 ming 
so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yiliga kelib 6590 ming so‘mga 
ko‘paygan. Bunda asosiy vositalarning eskirish darajasi o‘tgan yilda 44,9 % ni, 
hisobot yilida 45,4 % ni tashkil qilgan. Asosiy vositalarning eskirish darajasi 
yuqori bo‘lishiga asosiy sabab bu jami asosiy vositalar tarkibida eski bino, inshoot, 


174 
mashina va uskunalar hamda transport vositalari salmog‘ining yuqori ekanligidir.
Umuman olganda, xo‘jalik asosiy vositalarning umumiy texnik holati yetarli 
darajada deb baholay olmaymiz. Chunki, asosiy vositalarning teng yarmiga yaqini 
eskirganligi bu yaxshi natija emas. Shu sababli ham fermer xo‘jaligi rahbariyati 
asosiy vositalarini yanada ko‘proq qismini yangilab borish choralarini izlab topishi 
lozim. Aks holda, bu fermer xo‘jaligining moliyaviy holati yomonlashuviga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ularning harakat 
ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Asosiy vositalarning harakat 
ko‘rsatkichlariga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi: 
-
asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyenti; 
-
asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti. 
Ushbu ko‘rsatkichlarni ham aniqlanish tartibi yuqoridagi 7.3-jadvalda 
keltirilgan. 
Asosiy vositalar harakat ko‘rsatkichlarini “Sharq” fermer xo‘jaligi 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (7.5-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin