178
mumkin. Ya’ni, fermer xo‘jalikda asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli ko‘rsatkichdan uning o‘tgan yildagi
ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak:
∆K
AV
= (AV
1
/ X
0
) – (AV
0
/ X
0
) = 1606 – 1324 = +282 ming so‘m.
Demak, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘tgan yilga
nisbatan 17753 ming so‘mga ko‘payishi bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy
vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini 282 ming so‘mga ortishiga olib kelgan.
Ikkinchi omil xodimlar o‘rtacha yillik sonining o‘zgarishini ta’sirini aniqlash
uchun hisobot yilidagi ko‘rsatkichdan shartli ko‘rsatkichni chegirib tashlash lozim:
∆K
X
= (AV
1
/ X
1
) – (AV
1
/ X
0
) = 1557 – 1606 = -49 ming so‘m.
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, xodimlar o‘rtacha yillik sonining o‘tgan yilga
nisbatan 2 kishiga ko‘payishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning
o‘rtacha yillik qiymatini 49 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shunday
bo‘lsada, o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘sish
salmog‘ining yuqori bo‘lganligi, mazkur kamayish qiymatini to‘liq qoplagan holda
fermer xo‘jaligida xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan
yilga nisbatan 233 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. Bunday
ko‘rsatkichni fermer xo‘jaligi faoliyati uchun ijobiy holat sifatida baholashimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: