R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

12.2. Investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini
baholash metodlari 
Investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun 
investisiyalar hajmi, qoplanish muddati va ulardan kelgusida olinadigan 
daromadlarni hisob-kitob qilish hamda taqqoslash lozim. Investisiyalarni amalga 
oshirish va daromadlar olinishi turli davrlarda sodir bo‘lishi sababli, ularni 
qiyoslashda ayrim muammolar vujudga keladi. 
Mamlakatimizda 
investisiya 
jarayonlarining 
faollashishi 
natijasida 
investisiyalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish zarurati yanada 
kuchaymoqda. Xususan, muqobil investisiya loyihalarini baholash, ulardan 
maqbulini tanlash va amalga oshirish muammolarini hal etish jarayonida ularning 
samaradorligini prognozlash zarurati vujudga keladi. Shu bois, investisiya 
loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholashning asosiy metodlarini mazmuni va 
ahamiyatliligi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lib taqdim etamiz. 


268 
1. Investisiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholashning statik 
metodlari: 
-
investisiyalarning qoplanish muddati
 (Payback Period, RR)

-
investisiyalarning rentabellik koeffitsiyenti 
(Accounting Rate of Return, 
ARR).
2. Investisiya loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholashning dinamik 
metodlari: 
-
sof joriy qiymat 
(Net Present Value, NPV)
(daromadlarni diskontlash); 
-
investisiyalarning ichki rentabellik normasi
 (Internal Rate of Return, IRR)

-
investisiyalarning rentabellik indeksi
(Profitability Index, PI)

-
investisiyalarning diskontlangan qoplanish muddati
(Discounted Payback 
Period, DRR)

Ushbu metodlar mohiyatini va amaliy ahamiyatini amaliy misollar 
yordamida keyingi paragraflarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin