263
XII BOB. KORXONA INVESTISION FAOLIYATI TAHLILI
12.1. Investisiyalar mazmuni, tasniflanishi va davlat tomonidan tartibga
solinishi
Bozor munosabatlari sharoitida investisiya faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan
investisiya
siyosatini amalga oshirish, investisiyalar
samaradorligini oshirish, O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi turli investisiya obyektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz
shart-sharoitlarni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda investisiya faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish
quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
-
investisiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
-
investisiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik
sanoat zonalarini barpo etish;
-
asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizasiya qilish huquqini berish;
-
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
-
raqobatni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
-
er uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan
foydalanish shartlarini belgilash.
Bugungi kunda investisiyalar va investisiya faoliyatini
tartibga solishning
normativ-huquqiy bazasi mavjud bo‘lib, jumladan O‘zbekiston Respublikasining
“Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq
“
Dostları ilə paylaş: