R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.2-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish va 
sotish rejasining bajarilishi tahlili 
Mahsu-
lot 
turlari 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming 
so‘m 
Mahsulotning sotilishi, ming so‘m 
Reja 
Amalda 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Rejaga 
nisbatan 
o‘sishi, % 
Reja 
Amalda 
O‘zgarishi
(+;-) 
Rejaga 
nisbatan 
o‘sishi, % 

150000 144430 
-5570 
-3,71 
149276 143953 
-5323 
-3,56 

175000 190648 
+15648 
+8,94 
176235 189262 
+13027 
+7,39 

100000 127098 
+27098 
+27,1 
98852 126174 
+27322 
+27,6 

75000 115544 
+40544 
+54,0 
74887 114131 
+39244 
+52,4 
Jami 
500000 577720 
+77720 
+15,5 
499250 573520 
+74270 
+14,9 
Bunday natijalarni jamiyat uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin
biroq mahsulot ishlab chiqarish rejasi uni sotish rejasiga qaraganda o‘sish darajasi 
past ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda. Bu esa, sotilmay qolgan mahsulotlar 
qoldiqlarining o‘sganidan dalolat beradi. Shu sababli, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat rahbariyati sotilmay qolgan mahsulotlarni sotish choralarini 
ko‘rishi lozim. 
14.2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tuzulmasi hamda assortimentining 
tahlili 
Bozor munosabatlari sharoitida korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
natijalariga mahsulotlar assortiment (nomenklatura) va ishlab chiqarish tuzulmasi 
hamda mahsulotning sotilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Korxona 
mahsulot 
assortimenti 
va 
ishlab 
chiqarish 
tuzulmasini 
shakllantirishda, bir tomondan, mahsulotlarning ushbu turlariga bo‘lgan talabni, 
boshqa tomondan esa mehnat, xom-ashyo, texnik, texnologik, moliyaviy va o‘zida 
mavjud bo‘lgan boshqa resurslarni inobatga olishi lozim. Assortimentni 
shakllantirish tizimi quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi: 
-
xaridorlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash; 
-
ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan 
mahsulotlarning raqobatbardoshlik darajasini baholash; 


319 
-
mahsulotning hayotiy siklini o‘rganish va mahsulotlarning yangi, 
tamomila mukammal turlarini joriy qilishga doir choralarni o‘z vaqtida ko‘rish va 
ma’naviy eskirgan hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan mahsulotlarni 
ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash; 
-
iqtisodiy samaradorlikni va mahsulot assortimentidagi o‘zgarish riski 
darajasini baholash. 
Bugungi kunda qayta ishlash korxonalari faoliyatini tahlil qilishda o‘rtacha 
assortiment bo‘yicha rejaning bajarilishini ham aniqlash muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. O‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik 
raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir mahsulot turi 
bo‘yicha haqiqatda ishlab chiqarilgan miqdori bilan reja ko‘rsatkichlari 
solishtirilib, har ikki ko‘rsatkichdan kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot tarkibiga qabul qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot tarkibiga qabul qilingan ko‘rsatkichlarning jamini reja bo‘yicha ishlab 
chiqarilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga bo‘lish orqali o‘rtacha assortiment 
rejasining bajarilishi aniqlanadi. 
Mahsulot assortimentini “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat 
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lindi (14.3-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin