Xo‘sh, tahlil fani Respublikamizda qachondan shakllana boshlagan va
fan sifatida vujudga kelgan? degan savol tug‘iladi.
Dastlab, XX asrning
24
60-yillariga kelib O‘zbekistonlik olimlar ham bu fan sohasida ijod qila boshlashdi.
Albatta, Respublikamizda tahlil fanini tashkil topishi va shakllanishida Samarqand
va Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borgan iqtisodchi olimlarning
xizmatlari katta hisoblanadi. XX asrning 70-80-yillarida iqtisod fanlari doktori,
professor I.T.Abdukarimov rahbarligida tahlil fanini o‘zbek maktabiga asos
solindi. Ushbu maktab a’zolarining Respublikamizda tahlil fanini shakllanishi va
vujudga kelishida qo‘shgan hissasi katta hisoblanadi. Ularning tahlil fanini nazariy,
uslubiy va tashkiliy jihatlarini shakllantirish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarini
alohida etirof etish lozim. Jumladan, ushbu davrda tahlil maktabi a’zolari
I.T.Abdukarimov,
M.Q.Pardaev
va
A.A.Abdievlar
tomonidan
«Xo‘jalik
faoliyatining tahlili»ga bag‘ishlangan to‘rt tomlik albom yaratildi. Bu albomning
birinchi qismi «Iqtisodiy tahlilning nazariy asoslari»ga bag‘ishlangan. Ushbu
albomning ikkinchi tomi esa «Kooperativ savdoda iqtisodiy tahlil» nomi bilan
ataladi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil tahlil
qilingan. Ammo matlubot kooperasiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu tufayli albomning
3-tomi «Matlubot kooperasiyasi alohida tarmoqlari xo‘jalik faoliyatining tahlili»
mavzusiga
bag‘ishlangan.
Albomning
4-tomi
matlubot
kooperasiyasi
tashkilotlarida barcha tarmoqlardan hisobot qabul qilinganidan keyingi
o‘tkaziladigan tahlil usullarini o‘z ichiga olgan. Bu «Moliyaviy holatining tahlili»
deb nomlangan va unda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini tahlil
qilish tartibi iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullardan foydalangan
holda bayon qilingan.
O‘tgan asrning 80-yillariga kelib Respublikamizda tahlil fani rivojlana
boshladi. Bunda Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borgan iqtisodchi
olimlardan
E.Akramov,
Yo.Abdullaev,
E.Ergeshev,
N.Xan,
X.Shodiev,
A.Shoalimov va boshqalarning hissa katta hisoblanadi.
1990-yillarning boshlariga kelib Respublikamizda tahlil faniga oid dastlabki
o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Jumladan, I.T.Abdukarimov,
M.Q.Pardaev, A.A.Abdiyev va V.I.Abdukarimovlar tomonidan «Matbuot
25
kooperasiyasi xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» mavzusida birinchi marta o‘zbek
tilida darslik vujudga keldi. Ushbu davrga kelib tahlil fanini rivojlanish sohasiga
iqtisodchi olimlardan B.I.Isroilov, Z.N.Qurbonov, A.V.Vaxobov, A.T.Ibrohimov,
M.To‘laxo‘jaeva, T.Sh.Shog‘iyosov, T.Q.Qudratov, I.O.Voljin, V.V.Ergashboev,
M.Yu.Rahimov va boshqalar kirib kela boshladilar hamda ular tahlilning turli
jihatlariga bag‘ishlangan asarlar yarata boshladilar.
Hozirgi kunda Respublikamizda tahlil faniga oid ko‘plab darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Jumladan,
iqtisodchi olim professor M.Q.Pardaev tomonidan yaratilgan «Iqtisodiy tahlil
nazariyasi» nomli, A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlarning
«Moliyaviy va boshqaruv tahlili» nomli, E.Ergeshevning «Iqtisodiy va moliyaviy
tahlil» nomli, T.Sh.Shog‘iyosov «Kompleks iqtisodiy tahlil» nomli, M.Q.Pardaev,
J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlarning «Iqtisodiy tahlil» nomli, T.Q.Qudratov va
N.Fayzievalarning «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» nomli darslik va
o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanilib kelinmoqda.
Shuningdek, «Moliyaviy tahlil»ga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar ham
chop etildi. Bular jumlasiga M.Q.Pardaevning «Moliyaviy tahlil metodologiyasi»,
A.T.Ibrohimovning
«Moliyaviy tahlil», I.T.Abdukarimovning «Moliyaviy
hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llari», I.O.Voljin va V.V.Ergashboevlarning
«Moliyaviy tahlil», E.A.Akramovning «Korxonalarning moliyaviy holati tahlili»,
M.Q.Pardaev va B.I.Isroilovlarning «Moliyaviy tahlil» va M.Yu.Raximovning
«Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili» kabi o‘quv adabiyotlari
moliyaviy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanishida, oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy
tadqiqot ishlarida, kadrlar malakasini oshirish tizimida va xo‘jalik subyektlarining
moliyaviy holati tahlilini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
|