31
birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf qilish va shu orqali
tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan
iboratdir.
Shu sababli, «Moliyaviy tahlil» fani moliya-xo‘jalik faoliyatining natijasiga
ijobiy va salbiy o‘zgarishlarga omillar ta’sirini aniqlab, to‘g‘ri baho berish va
xo‘jalik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish
lozimligini ko‘rsatadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bo‘lganligi uchun ham
uning predmetida natijaga va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatgan obyektiv va
subyektiv omillarga to‘g‘ri baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqish
lozimligi ko‘rsatilgan.
Boshqa fanlar singari moliyaviy tahlil fanini ham obyekti bo‘lishi lozim. Har
qanday fanning obyekti uning predmeti qaerlarda amalga oshishini ko‘rsatib
beradi. «Moliyaviy tahlil» fanini predmeti hozirgi bozor munosabatlari sharoitda
mulkchilikka asoslangan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik
faoliyatida mujassam. Shu sababli, moliyaviy tahlil fanini obyektiga davlat,
korxonalar, tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyektlar mulkchilik
shakliga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabilarga
bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda moliyaviy tahlilning subyektlari ham bo‘lib, tahlil
obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya’ni hozirgi vaqtda
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar,
davlat idoralari xodimlari tahlil qilib o‘rganadilar. Tahlil ishlarini amalga
oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruv
xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, auditorlar, statistika idoralari,
moliya tashkilotlari, texnik xizmat, marketing xizmati, bank va birjalar xodimlari
kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: