382
kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
-
korxona tomonidan boshqa aktivlardan identifikasiyalash (bo‘lish,
ajratish) imkoniyati, ya’ni aktivni undan foydalaniladigan xo‘jalik faoliyatidan
alohida foydalanishning mumkin bo‘lishi.
Mazkur shartlarga javob beruvchi quyidagi obyektlar nomoddiy aktivlar
tarkibiga kiritiladi:
patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali
modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi; muallif yoki boshqa huquq egasining EHM
uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
muallif yoki
boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo‘lgan
mutlaq huquqi; huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga
bo‘lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan
foydalanish huquqi; huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
gudvill; tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni
yer osti boyliklari, atrof-
muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa
ma’lumotlar hamda shu kabilardan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanish
huquqi, ya’ni yer uchastkalari, binolar va shu
kabilardan foydalanish huquqi;
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi aktiv qismi “Uzoq muddatli
aktivlar” bo‘limining “Nomoddiy aktivlar” moddasida aks ettiriladi. Shu bois,
buxgalteriya balansi nomoddiy aktivlarni tahlil qilib o‘rganishda asosiy axborot
manbalaridan biri hisoblanadi. Buxgalteriya balansida xo‘jalik yurituvchi
subyektda mavjud nomoddiy aktivlarning umumiy boshlang‘ich qiymati,
jamg‘arilgan eskirishi va qoldiq qiymati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishimiz
mumkin. Lekin, nomoddiy aktivlarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlil qilib
o‘rganishda ushbu ma’lumotlar yetarli hisoblanmaydi.
Shu sababli, nomoddiy
aktivlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan schyot ma’lumotlaridan ham
foydalanish zarur hisoblanadi.
Yuqoridagi axborot manbalaridan foydalanilgan holda xo‘jalik yurituvchi
383
subyektning nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasi tahlil qilib o‘rganiladi.
Bunda dastlab, nomoddiy aktivlar holati tahlil qilib o‘rganiladi. Nomoddiy aktivlar
holati tahlil qilib o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (16.6-jadval).
Dostları ilə paylaş: