R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

16.10-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda material qaytimi va uning 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Reja 
Haqiqatda
Qayta 
hisoblan-
gan 
O‘zgarishi 
(+;-) 
shu jumladan 
yalpi 
mahsulot 
hajmi 
o‘zgarishi 
hisobiga 
moddiy 
xarajat 
hajmi 
o‘zgarishi 
hisobiga 
1 Yalpi 
mahsulot 
hajmi, ming so‘m 
500000 
577720 
577720 
+77720 


2 Moddiy xarajat-lar, 
ming so‘m 
150000 
175627 
150000 
+25627 


3 Material 
qaytimi, 
so‘m 
3,33 
3,29 
3,85 
-0,04 
+0,52 
-0,56 
16.10-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, materiallar qaytimi (1 so‘mlik xarajat 
hisobiga olingan mahsulot hajmi) haqiqatda rejaga nisbatan 0,04 so‘mga yoki
1,2 % ga kamaygan. Mazkur o‘zgarish ikki omil ta’siri natijasida yuzaga kelgan 
bo‘lib, birinchi omil, yalpi mahsulot hajmining haqiqatda rejaga nisbatan
77720 ming so‘mga ko‘payishi, material qaytimini 0,52 so‘mga oshirgan. Ya’ni,
1 so‘mlik material xarajati hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi
0,52 so‘mga ko‘paygan: 
3,85 – 3,33 = +0,52 so‘m 
Ikkinchi omil, moddiy xarajatlar hajmining haqiqatda rejaga nisbatan
25627 ming so‘mga ko‘payishi, material qaytimi darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan 
bo‘lib, uning 0,56 so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
3,29 – 3,85 = -0,56 so‘m 
Demak, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariyati material 
qaytimi darajasini oshirish uchun moddiy xarajatlar hajmini kamaytirish 
choralarini ko‘rishi lozim.
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi boshqa 
ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham tegishli 
tahlil usullaridan foydalangan holda yuqoridagi kabi tahlil qilib o‘rganiladi. 
Shuningdek, mazkur ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga omillar ta’sirini birlamchi 
omillardan kelib chiqqan holda ikkilamchi omillar ta’sirini ham tahlil qilib 


391 
o‘rganish mumkin. Masalan, material qaytimining o‘zgarishiga birlamchi omil 
sifatida yalpi mahsulot hajmi ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqdik. Yalpi mahsulot 
hajmi birlamchi omil sifatida o‘z navbatida quyidagi ikki omil ta’siri natijasida 
o‘zgaradi: ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi; mahsulot birligi 
bahosining o‘zgarishi. 
Chunki, mazkur omillar ko‘paytmasi yalpi mahsulot hajmiga teng bo‘ladi. 
Shuningdek, material qaytimining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir 
birlamchi omil moddiy xarajatlar hajmi quyidagi ikkilamchi omillar ta’siri 
natijasida o‘zgaradi: ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishi; bir birlik 
mahsulot uchun sarf bo‘lgan moddiy resurs miqdorining o‘zgarishi; bir birlik 
moddiy resurs qiymatining o‘zgarishi. 
Bunday 
tartibda 
moddiy 
resurslardan 
foydalanish 
samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga omillar ta’sirini tahlil qilib o‘rganish, 
korxonada moddiy resurslardan foydalanish darajasiga xolisona baho berish va 
oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin