R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.3-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ tovar aylanmasining tovarlarni 
sotish ko‘rinishi bo‘yicha tahlili 
№ 
Sotish 
yo‘nalishlari 
Tovar aylanmasi, ming so‘m 
Tovar aylanmasi strukturasi, % 
Reja 
Haqiqatda 
Rejaga 
nisbatan 
o‘sishi, 

Reja 
Haqiqatda 
O‘zgarishi 
(+;-) 

Ulgurji savdo 
2213970 
2363360 
106,7 
100 
100 

1.1 
Ombordan 
1549779 
1772520 
114,4 
70 
75 
+5 
1.2 
Yetkazib berish 
yo‘li bilan 
664191 
590840 
88,9 
30 
25 
-5 
17.3-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
AJ ulgurji savdo yo‘nalishi bo‘yicha tovarlarni xaridorlarga sotgan bo‘lib, uning 
tovar aylanmasi rejasi 2213970 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, haqiqatda bu 
ko‘rsatkich 2363360 ming so‘mga teng bo‘lgan. Jamiyatda xaridorlarga tovarlarni 
sotish ikki xil ko‘rinishda ombordan va yetkazib berish sharti bo‘yicha amalga 
oshirilgan. 
17.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, jamiyat tovarlarni ombordan sotish 
hajmini ko‘proq belgilagan va bu ko‘rsatkich haqiqatda rejaga nisbatan 5 foizga 
oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday sotish ko‘rinishining tanlanishi 
xaridorlarga tovarlarni yetkazib berish katta xarajatlarni talab etishi va bu jamiyat 


402 
uchun foydasizligi bilan bog‘liq hisoblanadi. 
Tovar aylanmasi rejasining bajarilishini tahlil qilish faqat bir yil uchun emas, 
balki chorak, oy va o‘n kunliklar bo‘yicha ham amalga oshiriladi. Bu albatta, 
ta’minot tashkilotining qanchalik barqaror faoliyat yuritayotganligini aniqlashga 
yordam beradi (17.4-jadval). 
17.4-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJning ish maromiyligi tahlili 
Yil 
choraklari 
Tovar aylanma hajmi,
ming so‘m 
Tovar aylanma hajmining salmog‘i, % 
Reja 
Haqiqatda 
Reja 
Haqiqatda 
O‘zgarishi, % 

442794 
401771 
20 
17 
-3 
II 
664191 
886260 
30 
37,5 
+7,5 
III 
664191 
808269 
30 
34,2 
+4,2 
IV 
442794 
267060 
20 
11,3 
-8,7 
Jami: 
2213970 
2363360 
100 
100 

Tovar aylanmasining barqarorligi bo‘yicha rejasining bajarilishida i-chi davr 
uchun tovar aylanmasining haqiqiy ulushi qabul qilinadi. Bunda olingan davr 
rejadagidan oshmasligi lozim.
17.4-jadval ma’lumotlari asosida Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
AJning ish maromiyligiga baho berish mumkin. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 
jamiyatning ish maromiyligi koeffitsiyenti quyidagicha bo‘lgan: 
 
K
m
= 0,17 + 0,30 + 0,30 + 0,11 = 0,88 
Yuqoridagi 
hisob-kitobdan 
ko‘rinadiki, 
ta’minot 
tashkiloti 
ish 
maromiyligining buzilishiga hisobot yilining birinchi choragida belgilangan 
rejasining 3 foizga yoki 41023 (401771 - 442794) ming so‘mga va to‘rtinchi 
choragida rejaning 8,7 foizga yoki 175734 (267060 - 442794) ming so‘mga 
bajarilmaganligi sabab bo‘lgan. Buning natijasida ta’minot tashkilotining ish 
maromiyligi 0,12 (1-0,88) koeffitsiyentga bajarilmagan. Ya’ni, ishning maromiy 
emasligi koeffitsiyenti 0,12 ga teng bo‘lgan. Bunday ko‘rsatkichni ijobiy holat 
sifatida baholab bo‘lmaydi. Shu sababli, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
AJ rahbariyati ish maromiyligini buzilishini oldini olish choralarini ko‘rishi lozim. 
Chunki, 
bunday 
tartibda 
ish 
maromiyligining 
buzilishi 
shartnomaviy 


403 
majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga, iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga 
va mahsulot sotish hajmining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shundan so‘ng, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri tahlil 
qilib o‘rganiladi. Ma’lumki, tovar aylanmasi (TA) hajmining o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi asosiy omillar bu sotilgan tovarlarning fizik miqdori va bahosi 
hisoblanadi. U mazkur omillarning ko‘paytmasi ko‘rinishida qo‘yidagicha 
ifodalanadi:
TA= 

q∙r, (17.1) 
Bunda: q-sotilgan tovarlarning fizik miqdori; p-tovarlarning bahosi. 
Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga mazkur omillarning ta’sirini 
«Indeks» usuli yordamida quyidagicha hisob – kitob qilish orqali aniqlashimiz 
mumkin (17.5 - jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin