396
XVII BOB. TA’MINOT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TAHLIL
QILISHNING XUSUSIYATLARI
17.1 Ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasining tahlili
17.1.1. Ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasi tahlilining maqsadi,
vazifalari va axborot manbalari
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga
oshirish maqsadida qabul
qilingan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ga muvofiq barcha tarmoq
va sohalarda tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, bu o‘zgarishlar
agrar
sohada faoliyat yuritayotgan ta’minot tashkilotlariga ham bevosita daxldor
hisoblanadi.
Ta’minot tashkilotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan tovarlarni tuzilgan
shartnomalar asosida belgilangan narxlarda sotib olib, iste’molchilarga
shartnomalarda ko‘rsatilgan miqdorda va qiymatda o‘z
vaqtida yetkazib berish
faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ya’ni, ularning asosiy faoliyati turi ta’minot
faoliyati hisoblanadi. 2018 yil oxiriga respublikamizda 3040 ta ta’minot
tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shundan 844 tasi meniral o‘g‘it sotish
shaxobchalari hisoblanadi. Ularning viloyatlar kesimi bo‘yicha joylashuvini
quyidagi 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumki, ta’minot tashkilotlari fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq
xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga nihoyatda zarur bo‘lgan
mineral
o‘g‘it, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va texnika xizmatlarini ko‘rsatmoqda.
Afsuski, ko‘pgina ta’minot tashkilotlari faoliyati bozor iqtisodiyoti talablariga
to‘liq javob bermaydi. Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev «... fermer, dehqon xo‘jaliklariga yoqilg‘i-moylash
mahsulotlari,
mineral o‘g‘itlar, urug‘lik yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi
397
kurash ishlari talab darajasida tashkil etilmagan. Bu ham haqiqat.»
66
deb ta’kidlab
o‘tganlar. Mazkur muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ta’minot
tashkilotlari faoliyati tahlilini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
va uning uslublarini
takomillashtirish zarurati vujudga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik jarayonlarini tahlil
qilib o‘rganish mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga,
ta’minot tashkilotlarida tovar aylanmasi hajmini ko‘paytirish, tannarx darajasini
pasaytirish va foyda hajmini oshirish bo‘yicha mavjud
imkoniyatlarni aniqlash
hamda ularni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish uchun shart-sharoitlar
yaratish imkoniyatini paydo qiladi.
Dostları ilə paylaş: