399
haqiqiy hajmidan rejadagi hajmini chegirish orqali uning o‘zgarishi aniqlanadi.
Shu bilan birga, tovar aylanmasi rejasining bajarilishini
tovarlarning har bir turi
bo‘yicha ham o‘rganiladi. Chunki, tahlil natijalari asosida tovarlarning qaysi turlari
bo‘yicha talab qondirilmaganligi, qaysi tovarlarga nisbatan talab yuqori
bo‘lmaganligini ko‘rsatib berish lozim. Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
aksiyadorlik jamiyati (AJ) ta’minot tashkiloti hisoblanganligi va asosiy faoliyat turi
ta’minot faoliyati ekanligini hisobga olgan holda shartli ko‘rsatkichlar
asosida
tovar aylanmasi rejasining bajarilishini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (17.1-jadval).
17.1-jadval
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda tovar aylanmasi rejasi
bajarilishining taqqoslama tahlili
№
Tovar turlari
Hisobot yili
Rejaga nisbatan
o‘zgarishi (+;-)
Reja
Haqiqatda
Mutlaq
summada
Foizda
1
Jami tovar aylanishi, ming
so‘m
2213970
2363360
+149390
+6,7
Shu
jumladan, tovar turlari
bo‘yicha:
1.1 Karbamid
75410
79880
+4470
+6,0
1.2
Ammofos
282380
270900
-11480
-4,1
1.3 Azot
967500
1074920
+107420
+11,1
1.4 Fosfor
745000
774300
+29300
+4,0
1.5 Boshqa mineral o‘g‘itlar
143680
163360
+19680
+13,7
17.1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
AJda hisobot yilida tovar aylanmasining haqiqiy hajmi 2363360 ming so‘mni
tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich rejada 2213970 ming so‘m bo‘lgan. Bundan
ko‘rinadiki, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
AJda hisobot yilidagi tovar
aylanmasi rejasining hajmi haqiqatda 149390 ming so‘mga yoki 6,7 foizga oshgan.
Albatta, bunday natijani jamiyat uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin.
Shuningdek, 17.1-jadval ma’lumotlaridan qaysi tovar turlari bo‘yicha tovar
aylanmasi rejasi oshirib bajarilganligi, qaysilari bo‘yicha
esa bajarilmaganligini
ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, karbamid, azot,
fosfor va boshqa mineral
o‘g‘itlar bo‘yicha tovar aylanmasi rejasi oshirib bajarilgan bo‘lsa, ammofos
400
bo‘yicha tovar aylanmasi rejasi 11480 ming so‘mga yoki 4,1 foizga kam
bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tovar turlari bo‘yicha tovar aylanmasi rejasidagi bunday o‘zgarishlar (ayrim
tovarlar turlari bo‘yicha tovar aylanmasi rejasining
bajarilmaganligi va boshqa
tovar turlari bo‘yicha oshirib bajarilganligi) tovar aylanmasi strukturasining
o‘zgarishiga olib keladi, ya’ni ayrim tovarlar ulushi ko‘payadi, boshqalariniki esa
kamayadi. Bunday holat ta’minot tashkilotining yalpi daromadiga,
sotish
xarajatlariga, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sababli, assortiment tarkibi bo‘yicha tovar aylanmasi strukturasida qanday
o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish lozim.
Toshkent
viloyati
«Agrokimyohimoya» AJning tovar aylanmasi
struktarasidagi
o‘zgarishlarni
tahlil
qilib
o‘rganganimizda
quyidagi
ma’lummotlarga ega bo‘lindi (17.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: