404
baholagan holda uning o‘zgarishiga omillar ta’sirini «Indeks»
usuli yordamida
hisob-kitob qilish orqali aniqlashimiz mumkin. Buning uchun dastlab,
jamiyat
tovar aylanmasi rejasining bajarilish indeksi aniqlab olinadi. Ya’ni:
K
qp
=
q
1
∙r
1
/
q
0
∙r
0
= 2363360 / 2213970 = 1,067
Mazkur hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
AJda tovar aylanmasi rejasining barajarilishi 1,067 koeffitsiyentga yoki 106,7
foizga teng bo‘lgan. Ya’ni, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek tovar aylanma hajmi
rejaga nisbatan haqiqatda 149390 ming so‘mga ko‘paygan.
Endi, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisob-kitob
qilish asosida aniqlaymiz:
-
birinchi omil, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga
sotilgan tovarlar
fizik miqdori o‘zgarishining ta’siri aniqlash uchun haqiqatda sotilgan tovarlar
miqdori va rejadagi sotish bahosi bo‘yicha aniqlangan
tovar aylanmasi hajmini
rejadagi ko‘rsatkichga bo‘lish lozim:
∆K
q
=
q
1
∙r
0
/
q
0
∙r
0
= 2267940 / 2213970 = 1,024
Bundan ko‘rinadiki, sotilgan tovarlar fizik miqdorining o‘zgarishi tovar
aylanma hajmining rejaga nisbatan haqiqatda 1,024 koeffitsiyentga yoki 102,4
foizga yoxud 53970 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan.
-
ikkinchi omil, tovarlarni sotish bahosining o‘zgarishi
tovar aylanma
hajmining o‘zgarishiga ta’siri tovar aylanmasining haqiqatdagi hajmini, haqiqatda
sotilgan tovarlar miqdori va rejadagi sotish bahosi bo‘yicha aniqlangan
ko‘rsatkichga bo‘lish asosida aniqlanadi:
∆K
p
=
q
1
∙r
1
/
q
1
∙r
0
= 2363360 / 2267940 = 1,042
Demak, tovarlarni sotish bahosining o‘zgarishi
haqiqatda tovar aylanma
hajmini rejaga nisbatan 1,042 koeffitsiyentga yoki 104,2 foizga yoxud 95420 ming
so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijasida jamiyat tovar aylanmasining
umumiy hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 106,7 ((1,024 x 1,042) x 100) foizga yoki
149390 ming so‘mga ko‘paygan.
405
Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini yuqoridagi kabi har
bir tovar turi bo‘yicha ham tahlil qilib o‘rganish mumkin. Bu albatta, jamiyatning
tovar aylanmasi rejasi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha
yuritilayotgan siyosatning
samaradorligini kompleks baholashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: