17.3.2. Sotish rentabelligi tahlili: milliy va xalqaro tajriba
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligiga
baho berishda rentabellik darajasi muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan asosiy maqsad ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish natijalariga asoslanib, ichki imkoniyatlarni
aniqlash va tahlil qilinayotgan korxona faoliyatining samaradorligini oshirish
yo‘llarini belgilashdan iboratdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlar tomonidan korxonalarning
rentabellik ko‘rsatkichlarini tavsiflashga yondashuvlar xilma-xil bo‘lib, ta’minot
tashkilotining faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan holda sotish rentabelligi
ko‘rsatkichini tahlil qilishning uslubiy jihatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Bugungi kunda ta’minot tashkilotining faoliyat xususiyatidan kelib chiqqan
holda amaliyotda sotish rentabelligi yalpi foyda ko‘rsatkichini tovar aylanma
hajmiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Ya’ni, ushbu ko‘rsatkichni quyidagicha
matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
R
s
= YaF×100 / TA,
(17.24)
Bunda: R
s
– sotish rentabelligi; YaF – yalpi foyda (moliyaviy hisobotning 2-shakli 030-
satr); TA – tovar aylanma hajmi (moliyaviy hisobotning 2-shakli 010-satr).
Demak, yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki sotish rentabelligining
o‘zgarishiga yalpi foydaning o‘zgarishi va tovar aylanma hajmining o‘zgarishi
bevosita ta’sir ko‘rsatar ekan. Bunda ikkala omil bir-biridan mustaqil holda
o‘zgaradi deb faraz qilinadi.
Bu borada xorijlik va mamlakatimiz olimlarining ilmiy va o‘quv-uslubiy
ishlanmalarini o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatadiki, xalqaro amaliyotda keng
qo‘llanilayotgan sotish rentabelligini tahlil qilish uslublari bizning amaliyotimizda
qo‘llanilayotgan tahlil uslublaridan farq qiladi. Jumladan, xorij amaliyotida
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni to‘liqroq hisobga olish va omillar
ta’sirini aniqroq o‘lchash imkoni mavjud.
Xususan, turli xil tovarlarni sotish sharoitida sotish rentabelligini tahlil qilish
429
uslubi biroz murakkablashadi. Shu bois, xalqaro amaliyotda sotish rentabelligini
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganishda tizimli yondashuvni
ta’minlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
YaF = (TA×DC) – DSX,
(17.25)
Bunda: Ds – 1 so‘mlik tovar aylanma hajmiga to‘g‘ri keladigan marjinal daromad
stavkasi;
DSX – doimiy sotish xarajatlari summasi.
Marjinal daromadning o‘rtacha stavkasi (DC) o‘z navbatida o‘rtacha yalpi
daromadga (YaDD) va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (O‘O‘X)ga bog‘liq :
Ds = YaDD – O‘O‘X,
(17.26)
Yalpi daromadning o‘rtacha darajasiga umumiy tovar aylanma hajmidagi
alohida tovarlar turlarining ulushi (Ul
i
) va i-tovar turiga quyilgan ustamaning
miqdori (O‘YaD
i
) ta’sir ko‘rsatadi:
YaDD = Σ Ul
i
×O‘YaD
i
,
(17.27)
Tovar aylanma hajmi sotilgan tovarlar massasi (q) va tovarlar bahosi (r) ga
bog‘liq:
TA = Σq×p,
(17.28)
Sotish xarajatlari tovar aylanma hajmi (TA), o‘rtacha o‘zgaruvchan
xarajatlar (O‘O‘X) va doimiy sotish xarajatlari (DSX) summasiga bog‘liq:
SX= (Σq×p × O‘O‘X) + DSX
(17.29)
Shundan so‘ng, ta’minot tashkilotlari sotish rentabelligi tahlilining omilli
modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
R
s
= YaF×100/TA= (Σq×p ×[Σ(Ul
i
×O‘YaD
i
)–O‘O‘X
i
]–DSX)× 100/ Σq×p, (17.30)
Ushbu formula sotishning fizik hajmi, tovarlar bahosi, tovar oboroti
strukturasi, i-tovarlar bo‘yicha yalpi daromad darajasi, o‘zgaruvchan muomala
xarajatlarining o‘rtacha darajasi va doimiy xarajatlarning umumiy summasi
ko‘rsatkichlarining ta’siri hisobiga sotish rentabelligining qanday o‘zgarganligini
aniqlashga imkon beradi. Ushbu omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’minot
tashkilotining quyidagi birlamchi ma’lumotlaridan foydalanamiz (17.13-jadval).
|