R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.13-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ sotish rentabelligi va uning omilli 
tahlili uchun birlamchi ma’lumotlar 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Reja 
bo‘yicha 
Haqiqatda 
O‘zgarishi 
(+;-) 
1 Tovar aylanma hajmi, ming so‘m 
2213970 
2363360 
+149390 
2 Tovar aylanma hajmi reja bahosi bo‘yicha 
haqiqatda, ming so‘m 

2008856 

3 Yalpi daromad, ming so‘m 
664191 
779909 
+115718 

Sotish xarajatlari, ming so‘m 
shu jumladan: 
- o‘zgaruvchan sotish xarajatlari, ming 
so‘m 
- doimiy sotish xarajatlari, ming so‘m 
409584 
263999 
145585 
449038 
280515 
168523 
+39454 
+16516 
+22938 
5 Yalpi foyda, ming so‘m 
254607 
330871 
+76264 
6 O‘rtacha yalpi daromad darajasi, % 
30 
33 
+3 
7 O‘rtacha o‘zgaruvchan sotish xarajatlari 
darajasi, % 
11,92 
11,87 
-0,05 
8 Sotish rentabelligi, % 
11,5 
14,0 
+2,5 
 
 
17.13-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida, «Zanjirli bog‘lanish» usuli 
bilan sotish rentabelligi ko‘rsatkichini va unga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini 
aniqlaymiz. Shu bois, birinchi navbatda hisobot yili rejasi bo‘yicha sotish 
rentabelligi ko‘rsatkichini aniqlaymiz: 
R
sr
= (2213970·(30-11,92)/100-145585) / 2213970 = 11,5 % 
Shundan so‘ng, haqiqatdagi sotish hajmi, ammo tovarlarning rejadagi sotish 
bahosi va barcha boshqa omillarning rejadagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi 
shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichini aniqlaymiz: 
R
sh1
= (2008856·(30-11,92)/100-145585) / 2008856 = 10,83 % 
Mazkur ko‘rsatkichdan rejadagi sotish rentabelligi ko‘rsatkichini chegirish 
orqali sotilgan tovarlar fizik miqdorining o‘zgarishini sotish rentabelligiga ta’sirini 
aniqlaymiz. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu omilning ta’siri natijasida sotish 
rentabelligi 0,67 (10,83-11,5) foizga pasayganligini ko‘rishimiz mumkin. 
So‘ngra haqiqiy sotish hajmi va tovarlarning haqiqiy sotish bahosi, ammo 
boshqa barcha omil ko‘rsatkichlarining rejadagi miqdori bo‘yicha ikkinchi shartli 
sotish rentabelligini aniqlaymiz: 
R
sh2 
= (2363360·(30-11,92)/100-145585) / 2363360 = 11,92 % 


431 
Aniqlangan ikkinchi shartli ko‘rsatkichdan birinchi shartli ko‘rsatkichni 
chegirish asosida tovarlarni sotish bahosi o‘zgarishining ta’siri aniqlanadi. Mazkur 
hisob-kitobni bajarish orqali tovarlarni sotish bahosining o‘zgarishi hisobiga sotish 
rentabelligi 1,09 (11,92-10,83) foizga oshganligini ko‘ramiz. 
Endi, o‘rtacha yalpi daromad ko‘rsatkichi va foyda summasining tovar 
aylanma hajmi strukturasi hisobiga o‘zgarishini aniqlash zarur. Bunda tovar 
aylanmasining haqiqiy hajmi va strukturasi, ammo tovarlarga quyiladigan 
ustamaning rejadagi ko‘rsatkichi bo‘yicha yalpi daromadning o‘rtacha darajasi 
quyidagicha aniqlanadi: 
O‘YaD
sh
= Σ Ul
ix 
× O‘YaD
ir 
/ 100 = 30,734 %
Shundan keyin uchinchi shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichi quyidagicha 
hisob-kitob qilinadi: 
R
sh3 
= (2363360·(30,734-11,92)/100-145585) / 2363360 = 12,65 % 
Shunday qilib, tovar aylanma hajmi strukturasining o‘zgarishi hisobiga 
sotish rentabelligi ko‘rsatkichi 0,75 (12,65-11,92) foizga oshgan. 
Shundan so‘ng haqiqiy tovar oboroti hajmi, uning haqiqiy strukturasi va 
alohida tovarlarga quyiladigan ustamalarning haqiqiy summasi, ammo rejadagi 
o‘zgaruvchan xarajatlar va rejadagi doimiy sotish xarajatlari bo‘yicha turtinchi 
shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichini aniqlaymiz: 
R
sh4
= (2363360·(33-11,92)/100-145585) / 2363360 = 14,92 % 
Demak, tovarlarga qo‘yilgan ustamaning rejaga nisbatan (30 %) haqiqatda
3 (33-30) foizga o‘sishi, sotish rentabelligi ko‘rsatkichini 2,27 (14,92-12,65) foizga 
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Endi doimiy sotish xarajatlaridan tashqari barcha omillar bo‘yicha haqiqiy 
ko‘rsatkichlarga asosan beshinchi shartli sotish rentabelligi ko‘rsatkichini 
aniqlaymiz: 
R
sh5 
= (2363360·(33-11,87)/100-145585) / 2363360 = 14,97 % 
Mazkur natijadan turtinchi shartli rentabellik ko‘rsatkichini chegirish shuni 
ko‘rsatadiki, o‘zgaruvchan sotish xarajatlarining rejadagi 11,92 foizdan, haqiqatda 


432 
11,87 
foizgacha 
pasayishi 
hisobiga 
sotish 
rentabelligi 
ko‘rsatkichi
0,05 (14,97-14,92) foizga oshgan. 
Tahlilning 
so‘nggi bosqichida sotish rentabelligining haqiqatdagi 
ko‘rsatkichini aniqlash lozim. Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi: 
R
sh
= (2363360·(33-11,87)/100-168523) / 2363360 = 14 % 
U inflyasiya munosabati bilan doimiy sotish xarajatlari summasi rejaga 
nisbatan haqiqatda 22938 ming so‘mga ko‘payishi hisobiga sotish rentabelligi 
ko‘rsatkichi 0,97 (14-14,97) foizga pasayganligini bildiradi. 
Umuman olganda, sotish rentabelligining rejaga nisbatan 2,5 foizga oshishi 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ uchun ijobiy holat hisoblanadi. Agarda 
sotish xarajatlari haqiqatda rejaga nisbatan 39454 (o‘zgaruvchan sotish xarajatlari 
– 16516 ming so‘mga, doimiy sotish xarajatlari – 22938 ming so‘m) ming so‘mga 
yoki 9,63 foizga oshmaganda edi, sotish rentabelligi ko‘rsatkichi rejaga nisbatan 
bundanda yuqori ko‘rsatkichni tashkil etgan bo‘lardi. 
Xulosa qilib aytganda, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish 
rentabelligini oshirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, bunday imkoniyatlar sifatida 
quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin: 
-
yalpi daromad darajasini oshirish maqsadida tovarlar tannarxini va sotish 
bahosini to‘g‘ri shakllantirish lozim. Bunda tovarlarning xarid qiymati va ularni 
sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni sotish xarajatlari tarkibiga 
emas, balki tovarlar tannarxiga kiritish kerak. Shuningdek, tovarlarni turli sotish 
usullaridan foydalangan holda yuqori savdo ustamalar orqali sotish choralarini 
ishlab chiqish; 
-
xarajatlarni ularni paydo qilgan obyektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni 
alohida tovar turlari bo‘yicha jamlab borish. Bu har bir tovar turi bo‘yicha 
tannarxning to‘g‘ri shakllanishini ta’minlaydi. 
-
sotish xarajatlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganish. Bunda sotish xarajatlarini 
o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarga ajratgan holda o‘rganish lozim. Albatta, tahlil 


433 
natijalari asosida sotish xarajatlarining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatganligi aniqlanadi va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar 
ishlab chiqiladi. 
Shunday qilib, xorij amaliyotida qo‘llanilayotgan uslub bo‘yicha sotish 
rentabelligini omilli tahlil qilish (17.30-formula) natijalarini mamlakatimiz 
tajribasi (17.24-formula) bilan taqqoslaganda, xorij amaliyotidagi tahlil uslubini 
qo‘llash afzalroq deb hisoblaymiz. Chunki, unda model elementlarining, jumladan 
sotish hajmi, xarajatlar va foydaning o‘zaro aloqadorligi to‘liqroq hisobga olinadi. 
Bu o‘z navbatida omillarning ta’sirini aniqroq baholashni va tahlil samarasi 
yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi. Umuman, sotish rentabelligini tahlil qilishning 
har xil uslublarini qo‘llash, ularning xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, sotish 
xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘lishga asoslangan uslubning 
afzalligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ta’minot tashkilotining xo‘jalik jarayonlarini 
samaraliroq boshqarish bo‘yicha menejerlarga tavsiyalar ishlab chiqish imkonini 
ham beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin