17.12-jadval
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ yalpi foydasining omilli tahlili
uchun umumiy ma’lumot
№
Ko‘rsatkichlar
Hisobot yili
Reja bo‘yicha
Haqiqatda
1
Tovar aylanma hajmi, ming so‘m
2213970
2363360
2
Tovar aylanma hajmi reja bahosi bo‘yicha
haqiqatda, ming so‘m
-
2008856
3
Yalpi daromad, ming so‘m
664191
779909
4
Sotish xarajatlari, ming so‘m
shu jumladan:
- o‘zgaruvchan sotish xarajatlari, ming so‘m
- doimiy sotish xarajatlari, ming so‘m
409584
263999
145585
449038
280515
168523
5
Yalpi foyda, ming so‘m
254607
330871
6
O‘rtacha yalpi daromad darajasi, %
30
33
7
O‘rtacha o‘zgaruvchan sotish xarajatlari
darajasi, %
11,92
11,87
Olingan natijani rejadagi yalpi foyda summasi bilan taqqoslaganimizda
sotish
fizik
hajmining
pasayishi
hisobiga
yalpi
foyda
summasi
36991 (217616-254607) ming so‘mga kamayganligini ko‘ramiz.
So‘ngra haqiqiy sotish hajmi va tovarlarning haqiqiy sotish bahosi, ammo
boshqa barcha omilli ko‘rsatkichlarning rejadagi miqdori bo‘yicha yalpi foyda
summasini aniqlaymiz:
YaF
sh2
= 2363360·(30-11,92)/100-145585 = 281710 ming so‘m.
Demak, tovarlar bahosining o‘zgarishi hisobiga yalpi foyda summasi
64094 (281710-217616) ming so‘mga ko‘paygan.
Keyinchalik o‘rtacha yalpi daromad ko‘rsatkichi va yalpi foyda
summasining tovar aylanma strukturasi hisobiga o‘zgarishini aniqlash zarur.
Tovar aylanmaning haqiqiy hajmi va strukturasi, ammo tovarlarga
quyiladigan ustamaning rejadagi ko‘rsatkichi bo‘yicha yalpi daromadning o‘rtacha
darajasi quyidagicha:
O‘YaD
sh
= Σ Ul
ix
× O‘YaD
ir
/ 100 = 30,734 %.
.
Bunday shart-sharoitlarda yalpi foyda summasi quyidagicha aniqlanadi:
YaF
sh3
= 2363360·(30,734-11,92)/100-145585 = 299057 ming so‘m.
Shunday qilib, tovar aylanma strukturasining o‘zgarishi hisobiga yalpi foyda
17347 (299057-281710) ming so‘mga ko‘paygan.
427
Shundan keyin haqiqiy tovar aylanma hajmi, uning haqiqiy strukturasi va
alohida tovarlarga quyiladigan ustamalarning haqiqiy summasi, ammo rejadagi
o‘zgaruvchan xarajatlar va rejadagi doimiy sotish xarajatlari bo‘yicha yalpi foyda
miqdorini aniqlaymiz:
YaF
sh4
= 2363360·(33-11,92)/100-145585 = 352611 ming so‘m.
Demak, tovarlarga quyilgan ustamaning reja (30 %) ga nisbatan haqiqat
(33 %) da o‘zgarishi hisobiga yalpi foyda summasi 53554 (352611-299057) ming
so‘mga ko‘paygan.
Endi, doimiy xarajatlardan tashqari barcha omillar bo‘yicha haqiqiy
ko‘rsatkichlarga asosan yalpi foyda summasini aniqlaymiz:
YaF
sh5
= 2363360·(33-11,87)/100-145585 = 353793 ming so‘m.
Olingan natijani oldingisi bilan taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘zgaruvchan
sotish xarajatlarining rejadagi 11,92 foizdan, haqiqatda 11,87 foizga o‘zgarishi
hisobiga yalpi foyda summasi 1182 (353793-352611) ming so‘mga ko‘paygan.
Hisobot yilining haqiqiy yalpi foyda summasi esa quyidagicha aniqlanadi:
YaF
h
= 2363360·(33 – 11,87)/100-168523 = 330871 ming so‘m.
U inflyasiya munosabati bilan doimiy xarajatlar summasi rejaga nisbatan
haqiqatda 22938 ming so‘mga ko‘payishi hisobiga yalpi foyda summasi 22922
(330871-353793) ming so‘mga kamaygan.
Mazkur omillarning ta’siri natijasida Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya»
AJ yalpi foydasi hisobot yilida rejaga nisbatan 76264 ((-36991) + (+64094) +
(+17347) + (+53554) + (+1182) + (-22922)) ming so‘mga ko‘paygan.
Shunday qilib, olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’minot tashkiloti yalpi
foydasi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilib o‘rganishda
yuqoridagi omilli modeldan foydalanish yalpi foyda summasi o‘zgarishiga omillar
ta’sirini ancha to‘g‘ri hisoblashga imkon beradi. Chunki, bunda sotish hajmi,
xarajatlar va foyda summasi inobatga olinadi va moliyaviy natijalar shakllanish
jarayonini samaraliroq boshqarishga imkon beradi.
|