R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligida bug‘doy sotishdan olingan pul daromadining



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.6-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida bug‘doy sotishdan olingan pul daromadining 
tahlili uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Shartli 
belgi 
O‘tgan yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
1 Sotilgan bug‘doy miqdori, s 

8600 
7700 
-900 

1 s bug‘doyning o‘rtacha sotish 
bahosi, so‘m 

20600 
23700 
+3100 

Jami bug‘doy sotishdan olingan 
pul tushumi, ming so‘m 
MB 
177160 
182490 
+5330 
-
birinchi omil, bu sotilgan bug‘doy miqdorining o‘zgarishi hisoblanib, uning 
natijaga ta’siri yuqoridagi formula asosida quyidagicha aniqlanadi: 
∆MB
m
= (B
0
× ∆M) + ((∆B × ∆M) / 2) = (20600×(-900)) + ((3100×(-900)/2) 
= (-18540000)+((-2790000)/2)= (-18540000)+(-1395000)=-19935000 so‘m; 
-
ikkinchi omil, bu 1 sentner bug‘doyning o‘rtacha sotish bahosining 
o‘zgarishi hisoblanib, uning natijaga ta’siri ham yuqoridagi formula bo‘yicha 
quyidagicha hisoblanadi: 
∆MB
B
= (M
0
× ∆B) + ((∆B × ∆M) / 2) = (8600×3100) + ((3100×(-900)/2) = 
= (26660000)+((-2790000)/2)= 26660000-1395000 = 25265000 so‘m. 
Bajarilgan hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, ikki omil ta’sirining yig‘indisi jami 
pul tushumining umumiy farqiga teng bo‘larkan: 
±∆MB = (±∆MB
m
) + (±∆MB
B
) = 25265000 +(-19935000) = +5330000 so‘m. 
Demak, tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, sotilgan bug‘doy miqdorining 
o‘tgan davrga nisbatan 900 sentnerga kamayishi, sotishdan olingan jami pul 
tushumini 19935 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek,
1 sentner bug‘doyning sotish bahosi o‘tgan yilga nisbatan 3100 so‘mga oshishi 
jami pul tushumini 25265 ming so‘mga ko‘paytirgan. Bundan shuni xulosa qilish 
mumkinki, o‘tgan yilga nisbatan bug‘doy sotishdan olingan jami pul tushumining 
5330 ming so‘mga ko‘payishi 1 sentner bug‘doy bahosining oshishi hisobiga sodir 
bo‘lgan. Agarda sotilgan bug‘doy miqdori o‘tgan davrga nisbatan 900 sentnerga 
kamaymaganda edi, sotishdan olingan jami pul tushumi 203820 (8600×23700) 
ming so‘mni tashkil qilar edi. Bu esa, o‘z navbatida xo‘jalikning o‘tgan yilga 
nisbatan bug‘doy sotishdan olingan jami pul tushumining 26660 (203820-177160) 


101 
ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lar edi. 
Shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan asosiy maqsad, uni rivojlantirish va foydani 
ko‘paytirish uchun mavjud ichki imkoniyatlarni axtarib topishdan iboratdir. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin