R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Qayta hisoblash usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.2.5. Qayta hisoblash usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi 
Bugungi kunda qayta hisoblash usulidan ham omilli tahlilda keng 
qo‘llanilmoqda. U natijaga bitta yoki ikkita omil ta’sir qilgan paytlarda 
qo‘llanilishi mumkin. Bu usul orqali umumiy natijaga ta’sir qiluvchi omillar va 
ularning ta’sir darajalari aniqlanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, tahlil natijalari 
korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ichki 
imkoniyatlarni izlab topish uchun asos bo‘ladi. Ushbu usulning mohiyati reja 
(o‘tgan yil)dagi natijani birinchi omilning haqiqiy miqdori bilan qayta hisoblab 
olinishidan iboratdir. Qayta hisoblash usulining mohiyatini aniq amaliy misolda 
batafsil ko‘rib chiqamiz. Masalan, yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga asosiy 
vositalar va ulardan foydalanish samaradorligining ta’sirini ushbu usul orqali tahlil 
qilib o‘rganishimiz mumkin. Demak, bu yerda olingan yalpi mahsulot (YaM) 
natija ko‘rsatkichi deb olinsa, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar bevosita 
asosiy vositalarning o‘rtacha qiymati (A) va ulardan foydalanish samaradorligi 
(fond qaytimi) (Fq) hisoblanadi. Shunday qilib, natija ko‘rsatkichi bilan unga ta’sir 
qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
YaM = A × Fq, (5.5) 
Ushbu bog‘lanishdan ko‘rinib turibdiki, natijaga ikkita omil ta’sir ko‘rsatar 
ekan. Har bir omilning ta’sirini hisoblash uchun natijani qayta hisoblab olish 
lozim. Buning uchun birinchi omilning haqiqiy (hisobot yili) miqdorini (A
1

ikkinchi omilning reja (o‘tgan yil)dagi miqdoriga (Fq
0
)ko‘paytirish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Ya’ni: 
YaM
qh
= A
1
× Fq



97 
Yalpi mahsulot hajmiga yuqoridagi ikki omilning ta’sirini topish uchun 
quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim. Ya’ni: 
-
yalpi mahsulot hajmining asosiy vositalarning o‘rtacha qiymatining 
o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganligini (∆YaM
A
) aniqlash uchun yalpi mahsulotning 
qayta hisoblangan hajmidan (YaM
qh
) uning reja (o‘tgan yil) dagi hajmini (YaM
0

ayirish lozim: 
±∆YaM
A
= YaM
qh
- YaM
0
= (A
1
× Fq
0
) - (A
0
× Fq
0

-
yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishiga asosiy vositalar samaradorligi (fond 
qaytimi) ning ta’sirini (∆YaM
Fq
) aniqlash uchun yalpi mahsulotning haqiqiy 
(hisobot yil) summasidan (YaM
1
) uning qayta hisoblangan miqdorini (YaM
qh

ayirish lozim: 
±∆YaM
Fq
= YaM
1
- YaM
qh
= (A
1
× Fq
1
) - (A
1
× Fq
0

Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijaning umumiy 
farqiga teng bo‘lishi kerak: 
±∆YAM = (±∆YAM
A
) + (±∆YAM
Fq

Fikrimizning isboti sifatida quyidagi jadval ma’lumotlarini keltirib o‘tamiz 
(5.5-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin