R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligi to‘lov qobiliyati tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.2-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi to‘lov qobiliyati tahlili 
To‘lov mablag‘lari 
Hisobot yili 
oxiriga 
summasi, 
ming so‘m 
To‘lov qarzlari 
Hisobot yili 
oxiriga 
summasi, 
ming so‘m 
1. 
Pul 
mablag‘lari, ya’ni 
kassadagi va hisob raqamidagi 
pul mablag‘lari 
54377 
1. Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilarga 
to‘lanadigan 
schyotlar (qarzlar) 
4657 
2. Tovar-moddiy zaxiralari 
26584 
2. Olingan bo‘naklar 
4945 
3. Debitorlik qarzlari 
24685 
3. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha 
qarzlari 
4614 
4. Maqsadli davlat jamg‘arma-
lariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar 
3890 
5. 
Mehnatga 
haq 
to‘lash 
bo‘yicha qarzlar 
3395 
6. Boshqa kreditorlik qarzlari 
905 
Jami to‘lash uchun mablag‘lar 
105646 
Jami to‘lov qarzlari 
22406 
To‘lov mablag‘laridan to‘lov 
qarzlarining ko‘pligi 

To‘lov qarzlaridan to‘lov 
mablag‘larining ko‘pligi
83240 
Balans 
105646 
Balans 
105646 
Shunday qilib, tahlil natijalari xo‘jalikning to‘lov qobiliyatini yanada 
oshirishning ichki imkoniyatlarini topish uchun asos bo‘ladi. Ya’ni fermer xo‘jaligi 
rahbariyati to‘lov qobiliyatini yaxshilash uchun ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarni 
sotish va debitorlik qarzlarini undirib olish hamda to‘lov qarzlarini qisqa 
muddatlarda to‘lab berish choralarini ko‘rishi lozim deb hisoblaymiz. 
5.2.3. Zanjirli bog‘lanish usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi
Zanjirli bog‘lanish usuli ham moliyaviy tahlilda keng qo‘llaniladigan 
usullardan biridir. Undan o‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga uch 
va undan ortiq omillar ta’sir ko‘rsasa, ular o‘rtasida bog‘liqlik funksional bo‘lgan 
hollarda qo‘llaniladi. Bunda har bir ta’sir etuvchi omilning o‘rganilayotgan natija 


92 
ko‘rsatkichga ta’sirini topish uslubiy ketma-ketlikka ega. Ya’ni, bu usulning 
mohiyatini uni tahlilda amaliy qo‘llash orqali to‘liq tushunish mumkin. Masalan, 
ish vaqti fondining (IVF) o‘zgarishi ishchilar soni (I
s
), bir ishchining ishlagan kishi 
kunlari (K
k
) va ish kunining davomiyligi (K
d
) ko‘rsatkichlari bilan funksional 
bog‘liqdir. Bu bog‘liqlikni quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash 
mumkin: 
IVF = I
s
× K
k
× K
d
, (5.3) 
Bu yerda, I
s
- ishchilar soni, K
k
– bir ishchining ishlagan kishi kunlari, K
d
– ish kunining 
davomiyligi. 
Yuqoridagi formuladan ko‘rinadiki, ish vaqti fondining o‘zgarishiga uchta 
omil ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni: 
-
ishchilar sonining o‘zgarishi; 
-
bir ishchining ishlagan kishi kunlarining o‘zgarishi; 
-
ish kuni davomiyligining o‘zgarishi. 
Mazkur omillarning natija ko‘rsatkichiga ta’sirini aniqlashdan oldin, zanjirli 
bog‘lanish usulidan foydalanadigan bo‘lsak, bazis davridagi natijani har bir omil 
hisobiga ketma-ket almashtirib quyidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlab olinadi: 
1. IVF
0
= I
s0
× K
k0
× K
d0
– bazis davridagi ish vaqti fondi; 
2. IVF
sh1
= I
s1
× K
k0
× K
d0
– 1-shartli ish vaqti fondi; 
3. IVF
sh2
= I
s1
× K
k1
× K
d0
– 2-shartli ish vaqti fondi; 
4. IVF
1
= I
s1
× K
k1
× K
d1
– hisobot davridagi ish vaqti fondi. 
Ish vaqti fondining umumiy o‘zgarishi hisobot davridagi ish vaqti fondidan 
bazis davridagi ish vaqti fondini chegirish orqali aniqlanadi: 
±∆ IVF = (I
s1
× K
k1
× K
d1
) - (I
s0
× K
k0
× K
d0

Bu ko‘rsatkichlarni quyidagi jadval ko‘rinishida ham ifodalash mumkin 
(5.3-jadval). 
Shundan so‘ng, ish vaqti fondining o‘zgarishiga omillar ta’siri hisob-kitob 
qilinib aniqlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
ishchilar sonining o‘zgarishi ish vaqti fondining o‘zgarishiga qanday ta’sir 


93 
ko‘rsatganligi aniqlash uchun 1-shartli ish vaqti fondi ko‘rsatkichidan bazis 
davridagi ko‘rsatkichni chegirish lozim: 
±∆I
s
= (I
s1
× K
k0
× K
d0
) - (I
s0
× K
k0
× K
d0


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin