R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joylanishi va iqlim sharoiti teng darajada hisobga  olinishi lozim;  -



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joylanishi va iqlim sharoiti teng darajada hisobga 
olinishi lozim; 
-
ko‘rsatkichlari taqqoslanuvchi korxonalarning ixtisoslashuvi, mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmi va xo‘jalik yo‘nalishlari bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak; 
-
o‘rganiladigan obyektlar soni ham mos bo‘lishi zarur va boshqa shartlar ham 
taqqoslash usulini qo‘llaganda nazarda tutilishi lozim. 
Shunday qilib, moliyaviy tahlilda ko‘rsatkichlar taqqoslash usuli yordamida 
o‘rganilganda yuqoridagi talablarga rioya qilinishi moliyaviy tahlilni samarali 
o‘tkazish, tahlil natijalarni aniq va to‘g‘ri shakllantirish va ular asosida oqilona 
qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 
 
5.2.2. Balansli bog‘lanish usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi 
Balansli bog‘lanish usuli xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik 
faoliyatida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanish funksional bo‘lgan hollarda 
foydalaniladi. Ya’ni, o‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichining o‘zgarishi bevosita 
unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganda qo‘llaniladi. 
Tahlilda bu usul yordamida moddiy va mehnat resurslari, korxona pul 
mablag‘lari kirimi va chiqimi, daromad va xarajatlarini tahlil qilib o‘rganish 
mumkin. Masalan, sotilgan tovarlar hajmini tahlil qilib o‘rganishda uning yil 
boshidagi qoldig‘i, yil davomida olingani, me’yor doirasida va me’yordan ortiqcha 


88 
yo‘qotishlar hamda yil oxiriga qoldiqlarini o‘rganmasdan turib hisob-kitob qilish 
aniq natijani ta’minlab bermaydi. Bu bog‘liqlikni quyidagicha matematik formula 
(tovar balansi) ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
TZ
yb
+ TK = TS + TCh + TZ
yo
, (5.1) 
Bunda: TZ
yb 
– yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i; TK – tovarlar kirimi; TS – tovarlar 
sotilishi; TCh – tovarlarning boshqa sabablar bilan chiqib ketishi; TZ
yo 
yil oxiriga tovar 
zaxiralari qoldig‘i. 
Yuqoridagi formulaga asosan har bir miqdorni qolganlarining algebraik 
yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Masalan, sotilgan tovarlarning hajmini 
quyidagi funksional bog‘liqlikda ifodalash mumkin:
TS = TZ
yb
+ TK – TCh -TZ
yo
, (5.2) 
Bu formuladan ko‘rinadiki, sotilgan tovarlar hajmiga to‘rtta omil ta’sir 
ko‘rsatar ekan. Bunga yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i va tovarlar kirimi ijobiy 
ta’sir ko‘rsasa, tovarlarning har xil chiqimlari va tovar zaxiralarining yil oxiridagi 
qoldiq summasining ko‘payishi natijaga salbiy ta’sir qiladi. Yuqoridagi 
omillarning sotilgan tovarlar hajmiga ta’siri har bir omil bo‘yicha quyidagicha 
aniqlanadi: 
birinchidan,
tovarlarning yil boshidagi qoldig‘i o‘zgarishining sotilgan 
tovarlar hajmiga ta’siri (∆TZ
yb
) ni topish uchun tovar zaxiralarining hisobot 
yilidagi miqdoridan, shu ko‘rsatkichning o‘tgan yildagi miqdorini ayirish lozim, 
ya’ni: 
±∆TZ
yb
= TZ
yb1
– TZ
yb0

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin