R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
ikkinchidan, 
tovarlar kirimining sotilgan tovarlar hajmiga ta’sirini (∆TK) 
topish uchun uning hisobot yilidagi miqdoridan, o‘tgan yildagi miqdori chegirib 
tashlanadi, ya’ni: 
±∆TK = TK
1
– TK
0
uchinchidan, 
tovarlarning turli sabablarga ko‘ra chiqib ketishining sotilgan 
tovarlar hajmiga ta’sirini (∆TCh) topish uchun uning hisobot davridagi 
miqdoridan, o‘tgan davrdagi miqdori ayirib tashlanadi, ya’ni: 
 


89 
±∆TCh = TCh
1
– TCh
0
turtinchidan,
tovar 
zaxirasi 
qoldig‘ining hisobot davri oxiriga 
o‘zgarishining sotilgan tovarlar hajmiga ta’sirini (∆TZ
yo
) topish uchun uning 
hisobot yilidagi miqdoridan, o‘tgan yildagi miqdori ayiriladi, ya’ni: 
±∆TZ
yo
= TZ 
yo1
– TZ 
yo0
Demak, barcha omillar ta’siri hisobining to‘g‘riligini aniqlash uchun hamma 
omillar ta’sirini qo‘shish lozim. Bundan ko‘rinadiki, sotilgan tovarlar hajmining 
o‘tgan davrga nisbatan aniqlangan umumiy farqi barcha omillar ta’sirining 
yig‘indisiga teng bo‘lar ekan: 
±∆TS = ∆TZ
yb
+ ∆TK + ∆TCh + ∆TZ
yo
Quyidagi jadvalda sotilgan tovarlar hajmining o‘zgarishiga tovar balansi 
ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq omillar ta’sirini hisoblash tartibi keltirilgan
(5.1-jadval). 
5.1-jadval 
Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga tovar balansi ko‘rsatkichlari bilan 
bog‘liq omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot yili 
Farqi (+;-) 
1. 
Yil boshiga tovar zaxiralari qoldig‘i, 
ming so‘m 
6844 
6148 
-696 
2. 
Tovarlar kirimi, ming so‘m 
40698 
42500 
+1802 
3. 
Tovarlarning boshqa sabablarga ko‘ra 
chiqib ketishi, ming so‘m 
62 
59 
-3 
4. 
Yil oxiriga tovar zaxiralari qoldig‘i, ming 
so‘m 
6148 
6298 
+150 
5. 
Sotilgan tovarlar hajmi, ming so‘m 
41332 
42291 
+959 
Shu jumladan, sotilgan tovarlar hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri: 
-
tovarlarning yil boshidagi qoldig‘i o‘zgarishining hisobiga (∆TZ
yb

-696 
-
tovarlar kirimining o‘zgarishi hisobiga (∆TK) 
+1802 
-
tovarlarning turli sabablarga ko‘ra chiqib ketishining hisobiga (∆TCh) 
+3 
-
tovar zaxirasi qoldig‘ining hisobot davri oxiriga o‘zgarishi hisobiga 
(∆TZ
yo

-150 
 
5.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, sotilgan tovarlar hajmi o‘tgan 
yilga nisbatan 959 ming so‘mga oshgan. Bu o‘zgarishga tovarlar kirimining o‘tgan 
yilga nisbatan 1802 ming so‘mga oshishi va tovarlarning har xil chiqib ketishi 
o‘tgan yilga nisbatan 3 ming so‘mga kamayishi sotilgan tovarlar hajmining 


90 
o‘zgarishiga ijobiy ta’sir qilgan. Boshqa omillar esa sotilgan tovarlar hajmining 
o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, yil boshiga tovar zaxiralarining 
qoldig‘i o‘tgan yilga nisbatan 696 ming so‘mga kam bo‘lishi hamda hisobot 
yilining oxirida tovar zaxiralarining qoldig‘i o‘tgan yilga nisbatan 150 ming 
so‘mga ko‘payishi sotilgan tovarlar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Umuman olganda, sotilgan tovarlar hajmining o‘tgan yilga nisbatan
959 (-696+1802+3-150) ming so‘mga oshishi ijobiy holat hisoblanadi. 
Albatta, tahlil natijalari sotilgan tovarlar hajmini yanada ko‘paytirishning 
ichki imkoniyatlarini topish uchun asos bo‘ladi. Agarda hisobot yilida tovar 
zaxiralarining boshlang‘ich va oxirgi qoldiqlari me’yor darajasida bo‘lganda edi 
sotilgan tovarlar hajmi yana 846 ming so‘mga (696+150) ko‘paygan bo‘lar edi. U 
holda hisobot yilidagi haqiqiy sotilgan tovarlar hajmi 42291 ming so‘m emas, balki 
43137 ming so‘mni (42291+846) tashkil qilgan bo‘lar edi. Uning o‘tgan yilga 
nisbatan farqi 959 ming so‘m emas, balki 1805 ming so‘mni (959+846) tashkil 
qilgan bo‘lar edi. Umuman sotilgan tovarlar hajmining ko‘payishi boshqa iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning ham yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. 
Balansli bog‘lanish usuli moliyaviy tahlilda ham keng qo‘llaniladi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini, xususan to‘lov qobiliyatini bevosita 
mazkur usul yordamida tahlil qilib o‘rganiladi. (5.2-jadval). 
5.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan “Sharq” 
fermer xo‘jaligi hisobot davrida to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ya’ni, 
xo‘jalikning jami to‘lov mablag‘lari 105646 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, jami 
to‘lov qarzlari esa 22406 ming so‘mni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki, 
xo‘jalikda to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari 83240 ming so‘mga ko‘p 
bo‘lgan. Bu esa xo‘jalikning mutloq to‘lov qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat 
beradi. 
Bunday natijani ijobiy baholagan holda xo‘jalikning to‘lov mablag‘lari 
tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, pul mablag‘lari 54377 ming so‘mni, tovar-
moddiy zaxiralar 26584 ming so‘mni va debitorlik qarzlari 24685 ming so‘mni 


91 
tashkil etgan. To‘lov qarzlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning asosini mol 
yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzlar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, 
olingan bo‘naklar va boshqa shu kabi majburiyatlar tashkil qilmoqda. Bu shundan 
dalolat beradiki, fermer xo‘jaligi ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda to‘lab berish 
lozim. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin