5.4.4. Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili – bu moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan
foydalanib, moliyaviy koeffitsiyent ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholash
usulidir. Amalda aniqlangan moliyaviy koeffitsiyentlar nisbiy ko‘rsatkichlarda
ifoda etiladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili ham iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-
uslubiy asarlarida bayon qilingan. Jumladan, iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov,
A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlar
40
moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilida
quyidagi beshta ko‘rsatkichni tahlil qilib o‘rganishni va ularni buxgalteriya balansi
ma’lumotlari asosida aniqlash tartibini keltirib o‘tishgan:
-
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti;
-
qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat koeffitsiyenti;
-
zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan qoplanganlik koeffitsiyenti;
-
mablag‘larni chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti.
Mazkur iqtisodchi olimlardan farqli ravishda T.Qudratov va N.Fayzievalar
tomonidan quyidagicha bayon qilingan: “Korxonaning moliyaviy holatiga baho
berishda mutlaq ko‘rsatkichlarga qaraganda nisbiy ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi.
Nisbiy ko‘rsatkichlar amaliyotda moliyaviy koeffitsiyentlar deb ataladi. Moliyaviy
koeffitsiyentlarni hisoblashda mutloq ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi moliyaviy
koeffitsiyentlar ko‘proq ishlatiladi.
1. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti
2. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti
3. To‘lovga qodirlik koeffitsiyenti
4. O‘z va qarz mablag‘larining o‘zaro nisbati koeffitsiyenti
5. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti
6. Moddiy aylanma mablag‘lar hissasi koeffitsiyenti
7. Jami aylanma mablag‘larning jami mulk qiymatidagi hissasi
40
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. –T.: “Sharq”, 2005. -
221 b.
119
koeffitsiyenti.”
41
Yuqoridagi ikki guruh iqtisodchi olimlar tomonidan ham moliyaviy tahlilda
o‘rganiladigan moliyaviy koeffitsiyent ko‘rsatkichlari sifatida aynan shu
ko‘rsatkichlardan foydalanish lozimligi va ular qo‘llashning mantiqiy ketma-ketligi
ko‘rsatib berilmagan.
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov “Korxona faoliyatiga baho berishda mutlaq
ifodalar moliyaviy holatning barcha qirralarini ochib bera olmaydi. Shu sababli
ko‘p hollarda nisbiy ifodalardan ham foydalaniladi.
Nisbiy ifodalar fanda moliyaviy koeffitsiyentlar deb nomlanib ularning har
biri korxona moliyaviy holatining muhim jihatlarini o‘zida ifoda etishi bilan
farqlanadi”
42
deb izohlagan holda “Moliyaviy koeffitsiyentlarning, odatda tarkibiy
va muvofiqlashtiruvchi turlari xarakterlanadi. Tarkibiy moliyaviy koeffitsiyentlar
bir xil asosli jamlangan qatorlarda birlik qatorlarning salmog‘ini harakterlasa,
muvofiqlashtiruvchi koeffitsiyentlar esa har xil asosli ko‘rsatkichlarni o‘zaro
nisbatlash orqali hisoblanadi”
43
deya ta’kidlab o‘tgan.
Ushbu iqtisodchi olim tomonidan bayon qilingan fikrlarning e’tiborga
loyiqligini ta’kidlagan holda shuni aytish mumkin-ki, iqtisodchi olim moliyaviy
koeffitsiyentlarni ikki guruhga ajralishi va nima sababdan bunday nomlanishi va
qanday aniqlanish tartibiga to‘xtalgan holda to‘liq tushuntirish berib o‘tgan. Biroq,
fikrimizcha ikkinchi guruh moliyaviy koeffitsiyentlarini muvofiqlashtiruvchi
koeffitsiyentlari deb emas, balki nisbat koeffitsiyentlari deb nomlanishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Chunki, iqtisodchi olim tomonidan ham o‘zaro nisbatlash
orqali hisoblanadi deb ta’kidlanmoqda.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki,
moliyaviy koeffitsiyentlar tahlilida koeffitsiyentlar ikki guruhga bo‘lingan holda
tasniflanadi (5.4-rasm).
41
Qudratov T, Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik. – T.: “Voris-nashriyot”, 2012. –
134 b.
42
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. - 50 b.
43
Shu yerda
|