R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
5.4.3. Trend tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holatini tahlil qilib o‘rganishda 
qo‘llaniladigan moliyaviy tahlil usullaridan yana biri trend tahlili usulidir. 
Trend tahlili usulini tahlilda qo‘llanilishi E.A.Akramov, M.M.Tulaxodjaeva, 
A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulov va M.Yu.Raximovlarning ilmiy va 
o‘quv-uslubiy asarlarida bayon qilingan. Jumladan, iqtisodchi olimlar 
A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlar trend tahlili korxona 
moliyaviy natijalarini tahlil qilib o‘rganishning bir usuli sifatida ko‘rsatgan holda 
quyidagicha: “Asosli yoki trend tahlilida
 
moliyaviy natijalar va ularning yillar 
bo‘yicha o‘zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o‘zgarishlariga baho 
beriladi”
36
deb ta’kidlab o‘tganlar. Biroq, trendli tahlil usulining moliyaviy 
natijalar tahlilida qo‘llanilish tartibi ko‘rsatib berilmagan. Shu bilan birga, trend 
tahlili faqat moliyaviy natijalar tahlilida emas balki, moliyaviy tahlilning boshqa 
obyektlari tahlilida ham qo‘llanilishi mumkin. 
Iqtisodchi olima M.M.Tulaxodjaevaning ta’riflashicha “trend tahlili – 
korxonalarning moliyaviy holatini ifodalovchi alohida ko‘rsatkichlarning o‘zgarish 
yo‘nalishlari tahlili”
37
. Ushbu ta’rifda trend tahlili yordamida o‘rganilayotgan 
ko‘rsatkichni o‘zgarish dinamikasi davriyligi bayon qilinmagan. 
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov esa “trend tahlili – asos ko‘rsatkichiga 
nisbatan dinamik o‘rganish usulidir”
38
deb ta’riflaydi. “Ushbu usul yordamida 
36
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. –T.: “Sharq”, 2005. - 
241 b. 
37
Akramov E.A. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2007.24 b. 
38
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -40 b. 


116 
yaqin va uzoq davriylikdagi o‘zgarishlarga mutloq va nisbiy ifodalarda baho 
beriladi. Trend tahlilidan ko‘pincha aktivlar o‘zgarishini baholashda, foyda va 
uning oshishini baholashda, investisiyalar hajmini baholashda foydalaniladi”
39
degan holda tushuntirish berib o‘tgan. Shuningdek, trend tahlili usulini qo‘llash 
tartibining uslubiy jihatlarini bayon qilib o‘tgan. Biroq, aniq bir xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ma’lumotlari asosida mazkur usulni qo‘llagan holda tahlil qilib ko‘rsatib 
o‘tilmagan. 
Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning fikrlarini e’tiborga loyiqligini ta’kidlagan 
holda, trend tahlilini quyidagicha ta’riflash maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Trend 
tahlili bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bazis va o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishini 
dinamik o‘rganish usulidir”. Shu bois, ushbu usul yordamida tahlil qilib 
o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ma’lum davrlardagi (3 yil, 5 yil, 10-
yil) o‘zgarishlariga mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlar orqali baho beriladi. 
Ushbu ta’rifning ahamiyatini va amalda qanday qo‘llanilish tartibini 
moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan quyidagi
5.13-jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 
5.13-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, xo‘jalik yurituvchi subyektda 2017 
yilda aktivlari summasi 68699697 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 
o‘tgan 2016-yilda 74208167 ming so‘mga teng bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. 
Demak, subyekt aktivlari 2016 yilga nisbatan 5508470 ming so‘mga yoki 8 % ga 
kamaygan.

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin