R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga qanday



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9. Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga qanday 
ko‘rsatkichlar kiradi? 
A) O‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, chetdan jalb qilingan mablag‘lar 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, 
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, asosiy vositalardan foydalanish 


165 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
B) O‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, chetdan jalb qilingan mablag‘lar 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, 
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, to‘lov qobiliyati va balans 
likvidligi ko‘rsatkichlari 
C) Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, harakatdagi 
mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, asosiy vositalardan foydalanish bilan 
bog‘liq ko‘rsatkichlar, moliyaviy mustaqillik va moliyaviy qaramlik 
ko‘rsatkichlari 
D) Moliyaviy mustaqillik, moliyaviy qaramlik, to‘lov qobiliyati, balans likvidligi, 
aylanma mablag‘lar aylanishi va moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
10. Buxgalteriya balansi likvidlik holati bo‘yicha tarkiblanishini ko‘rsating? 
A) Mutloq likvid balans, moliyaviy barqaror balans, nolikvid balans, nochorlik 
holatidagi balans 
B) Mutloq likvid balans, likvid balans, nolikvid balans, moliyaviy qaram balans 
C) Mutloq likvid balans, likvid balans, nolikvid balans, nochorlik holatidagi balans 
 


166 
VII BOB. ASOSIY VOSITALAR HOLATI VA ULARDAN FOYDALANISH 
SAMARADORLIGI TAHLILI 
7.1. Asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil 
etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari 
«Asosiy vositalar» nomli 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti 
(BHMC) ning 3a-bandiga asosan, “asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq 
muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni 
bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy 
aktivlardir” deyilgan. 
Shuningdek, ushbu BHMSning 4-bandiga asosan, asosiy vositalar tarkibiga 
quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: 
- bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; 
- bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasi (xarid payti)da 
belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan 
buyumlar. 
Asosiy vositalar hisobini yuritishda korxona rahbari hisobot yilida 
buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng 
kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqlidir. 
Albatta asosiy vositalar qiymatining eng kam chegarasi “Hisob siyosati”da belgilab 
qo‘yishi kerak.
Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari M.Q.Pardaev, 
I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilov, A.Vahobov, A.T.Ibrohimovlar N.F.Ishonqulov, 
T.Qudratov va N.Fayzievalarning ilmiy-uslubiy asarlarida asosiy vositalar holati 
va ulardan foydalanish samaradorligi tahlili o‘rganilgan bo‘lib, ular tomonidan 
asosiy vositalar tushunchasiga mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan turlicha 
yondoshuvlar 
keltirilgan. 
Jumladan, 
iqtisodchi 
olimlar 
A.Vahobov 
va 
A.T.Ibrohimovlar “Asosiy vositalar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor 
qatnashib, o‘zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman 


167 
o‘tkazuvchi hamda fizik shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi”
54
deb ta’rif berganlar.
Iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, I.T.Abdukarimov, B.I.Isroilovlar esa 
“Asosiy vositalar mehnat jarayonida mulkiy shaklini saqlab qolib, har bir 
bosqichdan keyin ishlab chiqarish sohasini tark etmaydi. Ularning qiymati 
mahsulotga darhol emas, qismlarga bo‘lingan holda bosqichma-bosqich o‘tib 
boradi. Xo‘jalik subyekti aniq baholangan aktivdan iqtisodiy foyda olishiga 
ishonchi bo‘lgan taqdirdagina asosiy vositalarni aktiv sifatida tan oladi”
55
deb 
ta’kidlab o‘tishgan. 
Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulovlar “Asosiy 
fondlar deb, ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib, o‘zining qiymatini 
yaratilayotgan mahsulotlarga qisman o‘tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab 
qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi”
56
deb ta’rif berishgan. 
Mazkur ta’riflarda asosiy vositalar faqat ishlab chiqarish siklida qatnashashi 
e’tirof etilgan. Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan noishlab chiqarish 
jarayonida ham asosiy vositalardan foydalaniladi. Shu bois, fikrimizcha 
quyidagicha ta’rif berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: “Asosiy vositalar – bu 
mehnat vositalari bo‘lib, moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish 
sohasida ham ishtirok etadigan va korxonada uzoq muddat davomida xizmat 
qiladigan, eskirish hisoblanadigan hamda natural shaklini saqlab qoluvchi moddiy 
aktivlarga aytiladi”. 
Bugungi kunda barcha sohalarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini asosiy 
vositalarning ishtirokisiz tashkil etib bo‘lmaydi. Chunki, asosiy vositalar faoliyatni 
tashkil etishda muhim omillardan biri bo‘lib katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, 
asosiy vositalar holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib o‘rganish 
muhim hisoblanadi. Tahlil natijasida asosiy vositalar holatini yaxshilash va ulardan 
samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi. 
54
Vahobov A.V., Ibragimov A.T “Moliyaviy tahlil”. T.: ”Sharq” 2002 yil -113 b. 
55
Pardaev M.Q., Abdukarimov I.T., Isroilov B.I “Iqtisodiy tahlil”. T.: ”Mehnat” 2004 yil – 139 b. 
56
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. T.: ”Sharq” 2005 yil – 287 b. 


168 
Asosiy vositalar tahlilining maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy 
vositalar holatini o‘rganish asosida ular bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va 
foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish hisoblanadi. 
Asosiy vositalar tahlilidan ko‘zlangan maqsadga quyidagi vazifalarni hal 
qilish orqali erishiladi: 
-
asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho 
berish;

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin