R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanib, yalpi eksport hajmining



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7. Quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanib, yalpi eksport hajmining 
o‘zgarishiga miqdor omilining ta’sirini aniqlang? 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes rejada 
Haqiqatda 
Miqdori, dona 
Bahosi, so‘m Miqdori, dona Bahosi, so‘m 
X – mahsulot 
3000 
20000 
3500 
22000 
U – mahsulot
2000 
15000 
2500 
20000 
A) 17500,0 ming so‘m 
B) 19500,0 ming so‘m 
C) 12500,0 ming so‘m 
D) 20800,0 ming so‘m 
8. Quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanib, yalpi import hajmining 
o‘zgarishiga baho omilining ta’sirini aniqlang? 
Ko‘rsatkichlar 
Biznes rejada 
Haqiqatda 
Miqdori, dona 
Bahosi, so‘m Miqdori, dona 
Bahosi, so‘m 
A – mahsulot 
1000 
64000 
1200 
68000 
B – mahsulot
900 
40000 
1100 
47000 
A) 20800,0 ming so‘m 
B) 12500,0 ming so‘m 
C) 19500,0 ming so‘m
D) 17500,0 ming so‘m
 
 
 
 
 


314 
III BO‘LIM. AGRAR SOHANING BOSHQA TARMOQ KORXONALARI 
XO‘JALIK FAOLIYATINING TAHLILI 
 
XIV BOB. QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB 
CHIQARISH VA SOTISH TAHLILI 
14.1. Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
jarayonlarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot 
manbalari 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sotish ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq 
ko‘rsatkichlardir. Ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklangan va talab esa 
cheklanmagan sharoitlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Biroq, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bozor 
to‘yingan, raqobat kuchayib borgan sari taxmin qilinayotgan sotish hajmi ishlab 
chiqarish rejasini tuzishga asos bo‘ladi. Shu sababli, bozor munosabatlari 
sharoitida har bir korxona iste’molchi talabini chuqur o‘rgangan holda ularning 
talabini qondira oladigan va sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan hajmda mahsulot 
ishlab chiqarishi lozim. Bu esa, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni o‘z vaqtida sotilishi va ishlab chiqarishning uzluksiz faoliyat 
yuritishini ta’minlaydi. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish sur’atlari hamda 
sifatining oshishi korxonaning asosiy faoliyat xarajatlari, foyda miqdori va 
rentabelligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shu bois, 
ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini o‘rganish va ularning 
samarasini oshirish imkoniyatlarini izlab topish hamda korxonaning moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish choralarini ko‘rish tahlilning asosiy maqsadi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Bunda tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi va uning 


315 
o‘zgarishiga baho berish; 
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini o‘rganish hamda 
ularning o‘zgarishiga baho berish; 
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga 
qanday omillar qay darajada ta’sir ko‘rsatganligini aniqlash; 
-
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
va 
sotishni 
ko‘paytirishning ichki 
imkoniyatlarini aniqlash; 
-
aniqlangan imkoniyatlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqish. 
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida 
asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
biznes reja ma’lumotlari; 
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari; 
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari; 
-
statistik hisobot ma’lumotlari; 
-
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini hisobda aks ettirish uchun 
mo‘ljallangan tegishli schyot ma’lumotlari va boshqalar. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish 
hajmi natural, shartli natural, mehnat va qiymat o‘lchovlarida ifodalanishi mumkin. 
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar
 
odatda, 
qiymat o‘lchovi (pul)da baholangan holda olinadi. Buning uchun taqqoslama yoki 
joriy narxlardan foydalanish lozim. 
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash uchun ishlab chiqarish va 
mahsulot sotish hajmlarining natural ko‘rsatkichlari (dona, metr, tonna va h.k.) 
ham muhim ahamiyatga ega. Ulardan mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
hajmlarini alohida turlar va bir turdagi mahsulotlar guruhlari bo‘yicha tahlil 
qilishda foydalaniladi. 
Shartli natural ko‘rsatkichlar ham qiymat ko‘rsatkichlari kabi mahsulot 
ishlab chiqarish hajmlarini umumiy tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Masalan, tomat 


316 
pastasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda ming shartli banka, sharbat 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchi 
korxonalarda 
ming 
dona 
idish 
kabi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Normativ mehnat sarfi
 
(norma-soatlar yoki normalashtirilgan maosh) 
shuningdek, ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarish sharoitida natural yoki shartli 
natural o‘lchovlardan foydalanish imkoni bo‘lmaganda foydalaniladigan mahsulot 
chiqarish hajmini umumlashtirib baholash uchun mo‘ljallangan. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish hajmi esa ularning xaridorlarga 
yuklab jo‘natilishi yoki to‘lov (tushum) bo‘yicha belgilanadi.
 
U taqqoslanuvchi, 
rejali va amaldagi narxlarda aks ettirilishi mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida 
bu ko‘rsatkich qanday darajada bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulotlarni 
sotish ishlab chiqarish va xaridor o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. 
Chunki, ishlab chiqarish jarayonining yakuniy bosqichi bu sotish jarayoni bo‘lib, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishi korxonaning ijobiy moliyaviy natijaga 
erishishi, aylanma mablag‘larining uzluksiz hamda samarali aylanishi, byudjet 
oldidagi majburiyatlarini, mehnat haqi bo‘yicha to‘lovlarni, kredit va qarzlarni 
hamda mol yetkazib beruvchilar bilan o‘z vaqtida hisoblashishlarini ta’minlash 
imkonini beradi. Shuningdek, mahsulot xaridorlarga qay darajada sotilayotganligi, 
bozorda unga bo‘lgan talab qanday ekanligiga qarab mahsulotni ishlab chiqarish 
hajmi ham belgilanadi. 
Ishlab chiqarish hajmining tahlili mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
dinamikasini o‘rganish, bazisli va zanjirli o‘sish sur’atlari va qo‘shimcha 
sur’atlarini hisob-kitob qilishdan boshlanadi (14.1-jadval). 
14.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, besh yil ichida mahsulot 
ishlab chiqarish hajmi 12 foizga o‘sgan bo‘lsa, bunga mos ravishda 
mahsulotlarning sotish hajmi ham 11,3 % ga o‘sganligini ko‘rish mumkin. Agar 
o‘tgan yillarda mahsulot ishlab chiqarish va sotishning o‘sish sur’atlari taxminan 
mos kelgan bo‘lsa, oxirgi yilda mahsulot ishlab chiqarish sur’ati mahsulot sotish 
sur’atining o‘sishiga qaraganda yuqori bo‘lgan. Bu korxona omborlarida 


317 
sotilmagan va xaridorlar tomonidan puli to‘lanmagan mahsulotlar qoldiqlarining 
to‘planayotganligidan dalolat beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin