R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.3. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili 
Qayta ishlash korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining bir maromda ketishini tahlil qilib 
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Maromiylik - bu mahsulotning tasdiqlangan 
grafikka binoan bir xilda, rejada ko‘zda tutilgan hajmda va assortimentda ishlab 
chiqarilishi va sotilishidir. 
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni bir maromda tashkil 
etish mahsulotlarning o‘z vaqtida ishlab chiqarilishi va sotilishining muhim sharti 
hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish maromining buzilishi barcha iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni yomonlashtiradi, mahsulot sifati pasayadi, tugallanmagan ishlab 
chiqarish hajmi va omborda tayyor mahsulotlar qoldig‘i ko‘payadi. Buning 
natijasida mablag‘lar aylanishi sekinlashadi, shartnomaviy majburiyatlar 
bajarilmaydi va turli moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi, mahsulot 
sotishdan olinadigan tushum o‘z vaqtida kelmaydi va uning natijasida pul oqimlari 


325 
muvozanati buziladi hamda boshqa salbiy ko‘rsatkichlar yuzaga keladi. Bularning 
bari mahsulot tannarxining ko‘tarilishi, foyda summasining kamayishi va natijada 
korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga olib keladi. 
Mahsulot ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish rejasining bajarilishini 
baholash uchun bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlardan foydaniladi. Bevosita 
ko‘rsatkichlarga
 

 
maromiylik koeffitsiyenti, variasiya koeffitsiyenti, maromsizlik 
koeffitsiyenti, jami mahsulot chiqarishda 
n
-davr uchun mahsulot ishlab chiqarish 
ulushi kabi ko‘rsatkichlar kiradi. 
Bilvosita ko‘rsatkichlar –
 
ishdan tashqari mehnat uchun qo‘shimcha haq 
to‘lash, korxona aybi bilan bekor turib qolishlar, brak sababli yo‘qotishlar, 
mahsulotlarning to‘liq yetkazib berilmaganligi va o‘z vaqtida yetkazib 
berilmaganligi uchun jarimalar to‘lash va h.k. 
Qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini tahlil 
etishda har o‘n kunlikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oylik mahsulotda 
tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar reja ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslanib, faoliyatning maromida bo‘layotganligiga baho beriladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish faoliyatining maromiyligiga baho berish 
maqsadida maromiylik koeffitsiyenti, maromsizlik koeffitsiyenti va variasiya 
koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tamiz. 
Eng ko‘p tarqalgan ko‘rsatkichlardan biri maromiylik koeffitsiyenti har bir 
davr uchun (lekin rejalashtirilgan darajadan oshmagan) mahsulot ishlab 
chiqarishning haqiqiy ulushini jamlash bilan aniqlanadi: 
K
m
= 30,0 + 33,0 + 36,0 = 99,0 % 
yoki 
Maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini rejadagi 
mahsulot ishlab chiqarish qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi: 
K

= 44468 : 45000 = 0,99 yoki 99 % 


326 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin