R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

17.5-jadval 
Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJ tovar aylanmasi va uning 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
Tovar 
turlari 
Tovar aylanmasi, ming so‘m 
O‘zgarishi 
(+;-) 
shu jumladan, omillar 
ta’siri 
Reja 
Haqiqatda 
sotilgan tovarlar 
miqdori va 
rejadagi sotish 
bahosi bo‘yicha 
Haqiqat-
da 
tovarlar 
fizik 
miqdori-
ning 
o‘zgarishi 
hisobiga 
tovarlar 
bahosi-ning 
o‘zgarishi 
hisobiga 
Karbamid 
75410 
76840 
79880 
+4470 
+1430 
+3040 
Ammofos 
282380 
279500 
270900 
-11480 
-2880 
-8600 
Azot 
967500 
998600 
1074920 
+107420 
+31100 
+76320 
Fosfor 
745000 
755700 
774300 
+29300 
+10700 
+18600 
Boshqa 
mineral 
o‘g‘itlar 
143680 
157300 
163360 
+19680 
+13620 
+6060 
Jami: 
2213970 
2267940 
2363360 
+149390 
+53970 
+95420 
17.5-jadval 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 
Toshkent 
viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJ tovar aylanmasining rejadagi hajmi 2213970 ming 
so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda 2363360 ming so‘mga teng 
bo‘lgan. Demak, jamiyat tovar aylanmasining haqiqatdagi hajmi rejaga nisbatan 
149390 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishni ijobiy holat sifatida 


404 
baholagan holda uning o‘zgarishiga omillar ta’sirini «Indeks» usuli yordamida 
hisob-kitob qilish orqali aniqlashimiz mumkin. Buning uchun dastlab, jamiyat 
tovar aylanmasi rejasining bajarilish indeksi aniqlab olinadi. Ya’ni: 
K
qp


q
1
∙r
1


q
0
∙r
0
= 2363360 / 2213970 = 1,067 
Mazkur hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» 
AJda tovar aylanmasi rejasining barajarilishi 1,067 koeffitsiyentga yoki 106,7 
foizga teng bo‘lgan. Ya’ni, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek tovar aylanma hajmi 
rejaga nisbatan haqiqatda 149390 ming so‘mga ko‘paygan. 
Endi, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisob-kitob 
qilish asosida aniqlaymiz: 
-
birinchi omil, tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga sotilgan tovarlar 
fizik miqdori o‘zgarishining ta’siri aniqlash uchun haqiqatda sotilgan tovarlar 
miqdori va rejadagi sotish bahosi bo‘yicha aniqlangan tovar aylanmasi hajmini 
rejadagi ko‘rsatkichga bo‘lish lozim: 
∆K
q


q
1
∙r
0


q
0
∙r
0
= 2267940 / 2213970 = 1,024 
Bundan ko‘rinadiki, sotilgan tovarlar fizik miqdorining o‘zgarishi tovar 
aylanma hajmining rejaga nisbatan haqiqatda 1,024 koeffitsiyentga yoki 102,4 
foizga yoxud 53970 ming so‘mga oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
-
ikkinchi omil, tovarlarni sotish bahosining o‘zgarishi tovar aylanma 
hajmining o‘zgarishiga ta’siri tovar aylanmasining haqiqatdagi hajmini, haqiqatda 
sotilgan tovarlar miqdori va rejadagi sotish bahosi bo‘yicha aniqlangan 
ko‘rsatkichga bo‘lish asosida aniqlanadi: 
∆K
p


q
1
∙r
1


q
1
∙r
0
= 2363360 / 2267940 = 1,042 
Demak, tovarlarni sotish bahosining o‘zgarishi haqiqatda tovar aylanma 
hajmini rejaga nisbatan 1,042 koeffitsiyentga yoki 104,2 foizga yoxud 95420 ming 
so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijasida jamiyat tovar aylanmasining 
umumiy hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 106,7 ((1,024 x 1,042) x 100) foizga yoki 
149390 ming so‘mga ko‘paygan. 


405 
Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga omillar ta’sirini yuqoridagi kabi har 
bir tovar turi bo‘yicha ham tahlil qilib o‘rganish mumkin. Bu albatta, jamiyatning 
tovar aylanmasi rejasi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha yuritilayotgan siyosatning 
samaradorligini kompleks baholashga imkon beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin