R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Sotish xarajatlari umumiy hajmi va darajasi o‘zgarishining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
17.2.2. Sotish xarajatlari umumiy hajmi va darajasi o‘zgarishining tahlili 
Sotish xarajatlarining tahlili sotish xarajatlari umumiy hajmi va darajasining 
o‘zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Tahlil jarayonida sotish xarajatlari umumiy 
hajmining o‘zgarishi hisobot davridagi haqiqiy ko‘rsatkichlarni rejadagi yoki bazis 
davridagi ko‘rsatkichlarga taqqoslash orqali aniqlanadi. Shundan so‘ng, ushbu 
o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi va baho beriladi. 
Sotish xarajatlarining (SX) o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishi (TA); 
-
sotish xarajatlari darajasining o‘zgarishi (SXD). 
Mazkur omillarning ko‘paytmasi sotish xarajatlari hajmiga teng bo‘ladi. 
Ya’ni, buni quyidagi matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
SX = TA × SXD, (17.5) 
Yuqoridagi formuladan kelib chiqqan holda sotish xarajatlari darajasini 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
SXD = SX : TA, (17.6) 
Bunda sotish xarajatlari mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. 


415 
Ya’ni, sotish xarajatlari umumiy hajmi (SX) mutlaq ko‘rsatkichda, sotish 
xarajatlari darajasi (SXD) esa nisbiy ko‘rsatkich orqali ifodalanadi. 
Sotish xarajatlari hajmining o‘zgarishiga yuqoridagi ikki omilning ta’sirini 
«Ko‘rsatkichlar farqi» usuli yordamida aniqlaymiz. Ushbu usulda sotish xarajatlari 
hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi: 
-
birinchi omil, ya’ni tovar aylanma hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash 
uchun hisobot yilidagi haqiqiy tovar aylanma hajmidan (TA
1
) rejadagi yoki o‘tgan 
yildagi tovar aylanma hajmini (TA
0
) chegirib tashlagan holda natijani rejadagi yoki 
o‘tgan yildagi sotish xarajatlarining o‘rtacha darajasiga (SXD
0
) ko‘paytirish lozim: 
±∆SX
TA
= (TA
1
– TA
0
) × SXD

-
ikkinchi omil, sotish xarajatlari o‘rtacha darajasi o‘zgarishining ta’sirini 
aniqlash uchun esa hisobot yilidagi haqiqiy sotish xarajatlari o‘rtacha darajasidan 
(SXD
1
) rejadagi yoki o‘tgan yildagi sotish xarajatlari o‘rtacha darajasini (SXD
0

chegirish va natijani hisobot yilidagi haqiqiy tovar aylanmasi hajmiga (TA
1

ko‘paytirish kerak: 
±∆SX
SXD
= (SXD
1
– SXD
0
) × TA

Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi omillar ta’sirining yig‘indisi natijaning 
umumiy farqiga teng bo‘lishi lozim: 
±∆SX = (±∆SX
TA
) + (±∆SX
SXD

Mazkur usul yordamida Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish 
xarajatlari umumiy hajmining rejaga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilib 
o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (17.9-jadval). 
17.9-jadval 
ma’lumotlaridan 
ko‘rinadiki, 
Toshkent 
viloyati 
«Agrokimyohimoya» AJda sotish xarajatlari reja bo‘yicha 409584 ming so‘mga 
teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda 449038 ming so‘mni tashkil qilgan. 
Demak, sotish xarajatlarining umumiy hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 39454 ming 
so‘mga oshgan. Bunday o‘zgarishga omillar ta’siri quyidagicha bo‘lgan: 
birinchi omil, tovar aylanmasi hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 149390 ming 
so‘mga ko‘payishi, sotish xarajatlari umumiy hajmini 27637 ming so‘mga 


416 
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
ikkinchi omil, sotish xarajatlari o‘rtacha darajasi rejaga nisbatan haqiqatda 
0,005 koeffitsiyentga yoki 0,5 foizga oshishi, sotish xarajatlari umumiy summasini 
11817 ming so‘mga ko‘payishiga olib kelgan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin