R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobot qaysi qismlardan iborat?



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8. Moliyaviy tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobot qaysi qismlardan iborat? 
A) Umumiy qoidalar, asosiy qism, xulosa va takliflar 
B) Kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar 
C) Umumiy qoidalar, ma’lumotnoma, xulosa va takliflar 
D) Kirish, smetalar, jadvallar, diagrammalar, xulosa va takliflar 


84 
V BOB. MOLIYAVIY TAHLIL FANINING METODI VA UNDA 
QO‘LLANILADIGAN USULLAR 
5.1. Moliyaviy tahlil fanining metodi va usullarining turkumlanishi 
Har bir fanning predmetini o‘rganish usullari, vositalari uning metodini 
tavsiflaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida metod atamasiga: “Metod [yun. 
methodos – tadqiqot usuli, yo‘li] 1. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq 
qilish usuli. 2. q. Usul, uslub”
30
deb izoh berilgan. Demak, metod tabiat va 
jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilib 
o‘rganish usulidir.
Moliyaviy tahlil fanining metodi - bu uning predmetini makon va zamonda, 
axborot manbalarida ifodalangan ko‘rsatkichlar asosida tizimli, kompleks tarzda 
o‘rganish, obyektning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun moliyaviy 
resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va ularni xo‘jalik 
faoliyatiga jalb qilish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuidir. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda, 
ma’lumotlarni qayta ishlashda tahlilning turli usullari qo‘llaniladi. Tahlil usullarini 
qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqligi, o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar va boshqa sabablarni aniqlashga yordam beradi. 
Bugungi kunda iqtisodchi olimlar o‘z asarlarida tahlilning usullarini shartli 
ravishda ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda (5.1-rasm): 
-
oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar; 
-
iqtisodiy-matematik usullar. 
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo 
bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan 
usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, 
guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog‘lanish, ko‘rsatkichlar farqi, qayta 
hisoblash, indeks va boshqa usullarni keltirish mumkin. 
Iqtisodiy-matematik usullar guruhi usullari omilli tahlilda keng qo‘llaniladi. 
30
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. J.II, - T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B 
582. 


85 
Omilli tahlilda iqtisodiy matematik usullarni qo‘llash, tahlil qilinayotgan jarayonlarning 
murakkabligiga, hajmiga va o‘rganish lozim bo‘lgan vazifalariga bog‘liqdir. Shu bilan 
birga mazkur usullar orqali ma’lum bir iqtisodiy hodisa va jarayonga ta’sir etuvchi 
bir nechta omillarning ta’sirini aniq miqdorlarda aniqlash imkoniyatining 
mavjudligidir. Iqtisodiy-matematik usullar guruhining tarkibiga integral, korrelyasion 
va 
regrasion 
tahlil, 
logorifmlar, 
determinantlar, 
matrisalar, 
chiziqli 
programmalashtirish, nazariy o‘yin, iqtisodiy tashxis qo‘yish, funksional qiymatli 
tahlil, grafikli, evrestik tahlil va boshqa usullar kiradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin