R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligida sut ishlab chiqarish hajmining omilli tahlili uchun



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

5.7-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida sut ishlab chiqarish hajmining omilli tahlili uchun 
birlamchi ma’lumotlar 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi (+;-) 

Sigirlar bosh soni, bosh (B) 
1400 
1380 
-20 

Mahsuldorlik, s (M) 
30 
32 
+2 

Yalpi sut miqdori, s (YaS=B×M) 
42000 
44160 
+2160 
5.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida o‘tgan 
yili olingan yalpi sut miqdori 42000 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 
hisobot yilida 44160 sentnerga teng bo‘lgan. Demak, fermer xo‘jaligida yalpi sut 
miqdori hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 2160 sentner ko‘paygan. 
“Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi sut miqdorining bunday o‘zgarishiga ikki 
omil, ya’ni sigirlar bosh sonining o‘zgarishi va mahsuldorlik darajasining 
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalarini “Logarifmlash usuli” 
yordamida quyidagicha hisob-kitob qilinadi: 
-
birinchi omil, ya’ni sigirlar bosh soni (B
1
– B
0
) o‘zgarishining ta’siri 
quyidagicha aniqlaymiz: 
∆YaS
b

∆YaS
umum
x (lg (B
1
:B
0
) / lg(YaS
1
:YaS
0
))
 

= (+2160) x lg (1380:1400) / (lg (44160:42000)) = -620 s. 
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida hisobot yilida 
sigirlar bosh sonining o‘tgan yilga nisbatan 20 boshga kamayishi, yalpi sut 
miqdorini 620 sentnerga pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
-
ikkichi omil, mahsuldorlik darajasi (M
1
– M
0
) o‘zgarishining ta’siri 
quyidagi tartibda aniqlanadi: 
∆YaS
m

∆YaS
umum
x (lg (M
1
:M
0
) / lg(YaS
1
:YaS
0
)) =
= (+2160) x (lg(32:30) / lg(44160:42000)) = +2780 s. 
Demak, fermer xo‘jaligida mahsuldorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan 
hisobot yilida 2 sentnerga oshishi, yalpi sut miqdorini 2780 sentnerga 
ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijasida “Sharq” fermer 
xo‘jaligida hisob yilidagi yalpi sut miqdori o‘tgan yilga nisbatan


103 
2160 ((-620) + 2780) sentnerga ko‘paygan. Bunday natijani fermer xo‘jaligi 
uchun ijobiy holat sifatida baholash mumkin. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin