R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
 
 


109 
5.4.2. Gorizontal va vertikal tahlil 
Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishi va islohotlarning tobora 
chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo 
qilmoqda. Chunki, har bir tadbirkorlik subyektining asosiy maqsadi o‘z mulkini 
ko‘paytirish va ko‘proq foyda olishdan iborat. Buning uchun xo‘jalik subyekti 
to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishi, tadbirkorlik, izchillik, oldindan ko‘ra 
bilishi va oqilona ish yuritishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida tadbirkorlik 
subyektlarini 
mulki, 
kapitali, 
majburiyatlarining 
umumiy 
va 
tarkibiy 
o‘zgarishlarini tahlil qilib o‘rgangan holda xolisona baho berishni talab etadi. 
Mazkur vazifalar moliyaviy tahlilda gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda tahlil 
qilish orqali amalga oshiriladi. Bunday tahlilda moliyaviy hisobotning 
«Buxgalteriya balansi» (1-shakl) asosiy axborot manbai hisoblanadi. 
Buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlil qilish I.T.Abdukarimov, 
M.Q.Pardaev, 
J.I.Isroilov, 
B.I.Isroilov, 
E.A.Akramov, 
A.V.Vahobov, 
A.T.Ibrohimov, N.F.Ishonqulov va M.Yu.Raximovlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy 
asarlarida o‘rganilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va 
B.I.Isroilovlar gorizontal va vertikal tahlilni iqtisodiy tahlilning asosiy shakllari 
sifatida ko‘rsatgan holda quyidagicha: 
“Gorizontal tahlil – hisobot davrini o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan 
solishtirish”
31
tahlilidir hamda “Vertikal tahlil – tarkibiy tahlil. Tahlil qilinayotgan 
obyektni barcha qismlari bo‘yicha o‘rganiladi”
32
deb ta’kidlab o‘tganlar.
Iqtisodchi 
olim 
E.A.Akramov 
fikricha 
“Moliyaviy 
tahlilning 
yo‘naltirilganlik nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o‘tkazilishi 
mumkin: 
- gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar o‘tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko‘rsatkichlarning 
dinamikasi aniqlanadi; 
- vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlarning 
31
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. 37 b. 
32
Pardaev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil: O‘quv qo‘llanma. –T, 2017. 37 b. 


110 
tarkibiy-tuzilmasi o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni 
qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan 
o‘zgarishi ifodalanadi”
33

Ushbu iqtisodchi olimning fikrining iqtisodchi olimlar M.Q.Pardaev, 
J.I.Isroilov va B.I.Isroilovlar tomonidan bildirilgan fikrdan farqli jihatini 
taqqoslash bazasi bo‘yicha ko‘rish mumkin. M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va 
B.I.Isroilovlar hisobot davri ko‘rsatkichlarini o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslasa, E.A.Akramov tomonidan uning dinamik yoki bazis davriga nisbatan 
o‘zgarishlarini taqqoslashga e’tibor qaratilgan. Fikrimizcha, dinamik tahlil 
gorizontal tahlildan alohida farqlanadi. Bu farqlanish M.Q.Pardaev, J.I.Isroilov va 
B.I.Isroilovlar tomonidan ham alohida tarkiblantirilgan, biroq ularni o‘tkazish 
tartibi amaliy misollar yordamida to‘liq ochib berilmagan. 
Iqtisodchi olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulov
34
lar 
gorizontal va vertikal tahlil yuzasidan E.A.Akramov tomonidan bildirilgan fikrni 
to‘liq takrorlaydi. 
Buxgalteriya balansining gorizontal va vertikal tahlili bo‘yicha iqtisodchi 
olim M.Yu.Raximov tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni alohida e’tirof etish 
mumkin. Uning fikriga ko‘ra “Moliyaviy hisobotni gorizontal tahlili deganda – 
moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini mutloq va nisbiy ifodalarda, hisobot 
davri boshiga yoki o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy o‘rganishga aytiladi. 
Vertikal tahlil deganda – moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini 
mutloq va nisbiy ifodalarda tarkibiy o‘rganishga aytiladi”
35

Ushbu iqtisodchi olim o‘z fikrini amaliy misollar yordamida asoslashga 
harakat qilgan, biroq gorizontal va vertikal tahlil turlarini bir-biridan ajratmagan 
holda ko‘rsatilishi natijasida ular o‘rtasidagi farq sezilmaydi. Bu esa, o‘quvchida 
gorizontal va vertikal tahlilni farqlay olmaslik, ular faqat gorizontal (yonlamasiga) 
va vertikal (bo‘ylamasiga) tahlil qilish demakdir degan tushunchaning hosil 
33
Akramov E.A. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. 16 b. 
34
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. –T.: “Sharq”, 2005. -
195 b. 
35
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -122 b. 


111 
bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Fikrimizcha, buxgalteriya balansini gorizontal tahlil qilish – bu buxgalteriya 
balansi ko‘rsatkichlarining o‘rganilayotgan davrda o‘sish (pasayish) sur’atlarini 
baholashdan iborat. Gorizontal tahlil uchun mutloq ko‘rsatkichlar nisbiy 
ko‘rsatkichlarga aylantiriladi. Buning uchun balans aktiv va passivining har bir 
moddasi hisobot davri boshiga 100 % deb olinadi, shundan kelib chiqqan holda har 
bir moddani hisobot davri oxiriga o‘zgarishi hisoblab chiqariladi. 
Vertikal tahlilning imkoniyati esa buxgalteriya balansining tarkibiy 
elementlari orqali tahlil qilishni ta’minlashdan iborat. Ya’ni, vertikal tahlil 
natijalarini o‘rganish balans har bir moddasining umumiy summadagi ulushini 
bilish, mablag‘lar va ular manbalarining tuzilmasini hamda ularda sodir bo‘lgan 
o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib, buxgalteriya balansining 
vertikal tahlili balans aktivi va passivining u yoki bu guruhlarining umumiy 
summadagi ulushlarini aniqlashdan iborat ekan. 
Shu o‘rinda buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlili qanday 
o‘tkazilishiga amaliy ma’lumotlar asosida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Birinchi 
navbatda 
buxgalteriya 
balansining 
gorizontal 
tahlilini 
keltirib 
o‘tamiz
(5.11-jadval). 
5.11-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, balans umumiy summasi yil boshiga 
(132870839 ming so‘m) nisbatan yil oxirida (196149323 ming so‘m) 147,6 foizga 
ko‘paygan. 
Balans aktiv moddalari tarkibida uzoq muddatli aktivlar yil boshiga nisbatan 
81 foizga ko‘paygan. Bunga yil boshiga nisbatan uzoq muddatli investisiyalarning 
765 foizga oshishi ta’sir ko‘rsatgan. Joriy aktivlar esa yil boshiga nisbatan 29,5 
foizga ko‘paygan. Bunday natija yil boshiga nisbatan tovar-moddiy zaxiralarning 
196 foizga, debitor qarzlarning 363,5 foizga va pul mablag‘larining 765,3 foizga 
oshishi hisobiga yuzaga kelgan. 


112 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin