R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.4 - jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy barqarorligi ifodalovchi o‘z mablag‘lari 
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Yil 
boshida 
Yil 
oxirida 
O‘zgarishi 
Summa- 
da (+,-) 
Foizda, 

Birlamchi ko‘rsatkichlar 
1 Balansdagi umumiy summa (B), ming so‘m 
124918 
161378 
+36460 
129,2 
2 O‘z mablag‘lari (xususiy kapital) (O‘m), 
ming so‘m 
57466 
98790 
+41324 
172 
3 Asosiy vositalar va oborotda bo‘lmagan 
aktivlar (Avot), ming so‘m 
48485 
55732 
+7247 
115 
4 Uzoq muddatli passivlar (Ump), ming so‘m 
40182 
40182 


5 Umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari
(2+4-3) (Uxm), ming so‘m 
49163 
80240 
+31077 
163,2 
Hisoblangan ko‘rsatkichlar 
6 O‘z mablag‘i (xususiy kapital) to‘planish 
(konsentrasiyasi) koeffitsiyenti (2q:1q:) 
0,460 
0,612 
+0,152 
133 
7 Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti (1q:2q) 
2,174 
1,633 
-0,541 
75,1 
8 O‘z 
mablag‘lari 
(xususiy 
kapital)ning 
harakatchanlik (manyovrlik) koeffitsiyenti 
(5q:2q) 
0,855 
0,812 
-0,043 
95 
Bundan ko‘rinadiki, ushbu ko‘rsatkich hajmi yil boshiga nisbatan 0,541 
koeffitsiyent yoki 24,9 % ga kamaygan. Bunday ko‘rsatkich fermer xo‘jaligining 
o‘z mablag‘i shunchaga ko‘payganligidan va uning moliyaviy qaramligi 
kamayganligidan, ya’ni moliyaviy barqarorligi yaxshilanayotganligidan dalolat 
beradi. 
Shuningdek, fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘larining harakatchanlik 
koeffitsiyentini o‘rganganimizda, bu ko‘rsatkich hisobot yili boshida 0,855 
koeffitsiyentni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 0,812 koeffitsiyentni tashkil 
qilgan. Demak, o‘z mablag‘larining harakatchanlik koeffitsiyenti yil boshiga 
nisbatan 0,043 koeffitsiyentga yoki 5 % ga kamaygan. Bu umumiy harakatdagi 
mablag‘lar o‘sish sur’atining (163,2 %) o‘z mablag‘lari o‘sish sur’atiga nisbatan 
(172 %) pastligi hisobiga yuzaga kelgan. Bunday natija aylanma mablag‘larda o‘z 
mablag‘lariga nisbatan chetdan jalb qilingan mablag‘larning hissasi oshganligini 
anglatadi. 
Umuman olganda, “Sharq” fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘lari bilan 
bog‘liq bo‘lgan moliyaviy barqarorligi hisobot davrida ancha yuqori bo‘lganligini 


136 
ijobiy baholash lozim. 
Endi korxonaning moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
tizimining keyingi guruhi, ya’ni chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar tahlilini ko‘rib chiqamiz. Ushbu guruh ko‘rsatkichlari tizimiga 
chetdan jalb qilingan kapitalning to‘planishini (konsentrasiyasini) ifodalovchi 
koeffitsiyent, chetdan jalb qilingan mablag‘larning tarkibiy koeffitsiyenti, o‘z 
mablag‘larining umumiy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z mablag‘larining uzoq 
muddatli passivlarga qaramlik koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlar kiradi (6.5-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin