238
Xarajatlarni bunday guruhlash ustun darajada soliq solinadigan bazani
to‘g‘ri aniqlash maqsadi nazarda tutiladi.
Shuningdek, “Moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot” (2-shakl)da esa xarajatlar 5 guruhga ajratiladi. Fikrimizcha,
Nizomda soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida xarajat guruhlari
berilganligi bois, 2-shaklda berilgan soliq xarajatlari keltirilmagan.
Shu bois,
Nizom va “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar”ning
o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish lozim deb
hisoblaymiz.
Bu borada iqtisodchi olimlardan R.D.Do‘smuratov va U.I.To‘laevlarning
tavsiyalari e’tiborga loyiqligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Ularning fikriga
ko‘ra ““... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom” ning “B. Xo‘jalik yurituvchi
subyektning moliya xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxati” bo‘limiga
“5.Foydadan qoplanadigan soliq xarajatlari”
bandini kiritib, unda moliyaviy
natijalarni aniqlash vaqtida foydadan qoplanadigan soliq xarajatlari ro‘yxatini
quyidagicha belgilash kerak:
5.1. Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar
5.2. Foydadan hisoblab to‘lanadigan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
xarajatlar
5.3. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha to‘lanadigan soliqlar
bo‘yicha xarajatlar:
5.3.1. Yagona soliq to‘lovi
5.3.2. Yagona yer solig‘i
5.3.3. Qat’iy belgilangan soliqlar bo‘yicha xarajatlar”
57
.
Chunki, soliq xarajatlari ham boshqa toifa xarajatlar kabi subyektning soliq
to‘langunga qadar olingan foydasi hisobidan qoplanib,
sof foydasi kamayishiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Albatta, “... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom” ning “B. Xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliya xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar ro‘yxati”
57
R.D.Do‘smuratov, U.I.To‘laev Moliyaviy hisobot: nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari. –T.: «Extremum-Press»,
2012,B. 64-65.
239
bo‘limiga bunday o‘zgartirishlarning kiritilishi korxonalarda soliqlarning qaysilari
soliqqa tortilgunga qadar foyda hisobidan qoplanishi aniq me’yoriy asosga ega
bo‘ladi. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobida 9800 – “Soliqlar
va boshqa
majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishi” schyotida soliqlarning
qaysilari aks ettirilishi bo‘yicha munozaralar yuzaga kelmaydi.
Moliyaviy natijalar tarkibi, shakllanish tartibi va dinamik o‘zgarishi tahlilini
quyidagi 11.1-jadval ma’lumotlari asosida berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: