241
-
mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumning o‘zgarishi;
-
sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining o‘zgarishi.
Mazkur omillar ta’sirini “Qayta hisoblash” usulidan foydalangan holda
aniqlash mumkin. Bunda har bir omilning ta’sirini
hisoblash uchun qayta
hisoblangan natija ko‘rsatkichini aniqlab olish lozim. Bu ko‘rsatkich birinchi
omilning haqiqiy (hisobot yili) miqdoridan (SST
1
) ikkinchi omilning reja (o‘tgan
yil)dagi miqdorini (IT
0
) ayirish orqali aniqlanadi. Ya’ni:
YaF
qh
= SST
1
- IT
0
Shundan so‘ng, yalpi foydaning o‘zgarishiga
yuqoridagi ikki omilning
ta’sirini topish uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim:
-
yalpi foydaning mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasining
o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganligini (∆YaF
sst
) aniqlash uchun yalpi foydaning qayta
hisoblangan summasidan (YaF
qh
) uning reja (o‘tgan yil) dagi hajmini (YaF
0
)
ayirish lozim:
±∆YaF
sst
= YaF
qh
- YaF
0
= (SST
1
- IT
0
) - (SST
0
- IT
0
)
-
yalpi foydaning o‘zgarishiga sotilgan mahsulot tannarxi o‘zgarishining
ta’sirini (∆YaF
it
) aniqlash uchun yalpi foydaning haqiqiy (hisobot yil) summasidan
(YaF
1
) uning qayta hisoblangan summasini (YaF
qh
) ayirish lozim:
±∆YaF
it
= YaF
1
- YaF
qh
= (SST
1
- IT
1
) - (SST
1
- IT
0
)
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi ikki omilning ta’siri natijaning umumiy
farqiga teng bo‘lishi kerak:
±∆YaF = (±∆YaF
sst
) + (±∆YaF
it
)
Mazkur hisob-kitoblarning amaliy isbotini “Sharq” fermer xo‘jaligi
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (11.2-jadval).
11.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligining
mahsulot sotishdan olgan yalpi foydasi o‘tgan yili 106442 ming so‘mni
tashkil
etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yilida 99644 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Demak, fermer xo‘jaligi yalpi foydasi o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida 6798
242
ming so‘mga yoki 6,4 foizga kamaygan. Bunday natijani fermer xo‘jaligi uchun
ijobiy holat sifatida baholab bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: