236
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” va O‘zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligining 2002-yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga asosan
tasdiqlangan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” shakliga muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari
foydaning quyidagi
ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
-
mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda,
bu sotishdan olingan sof
tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi:
YaF = SST - IT,
bunda,
YaF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
-
asosiy faoliyatdan olingan foyda, bu mahsulotni
sotishdan olingan yalpi
foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi farq va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan
boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF – DX + BD - BZ,
bunda,
AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX-davr xarajatlari;
BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
-
umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy
faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan
daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UFF = AFF + MD - MX,
bunda,
UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari.
-
soliq to‘langunga
qadar olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan
olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda
va minus zarar sifatida aniqlanadi:
237
STF = UF + FF - FZ,
bunda,
STF - soliq to‘langunga qadar olingan foyda;
FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar.
-
sof foyda, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik
yurituvchi subyekt
ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar
to‘langungacha olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – FS - BS,
bunda,
SF - sof foyda;
FS - foydadan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yuqoridagi “... xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi
Nizom” bilan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”
shaklini qiyosiy tahlil
qilish natijasida quyidagilarga ega bo‘lindi. Ya’ni, Nizomga ko‘ra xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar to‘rt
guruhga bo‘linadi (11.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: