10.2-jadval “Sharq” fermer xo‘jaligida xususiy kapital rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili №
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan yil
Hisobot
yili
Qayta
hisoblang
an
O‘zgari-
shi
(+;-)
shu jumladan
Sof foyda
summasi-
ning
o‘zgarishi
hisobiga
Xususiy
kapital
qiymatini
o‘zgarishi
hisobiga
1 Sof foyda, ming so‘m
38746
41324
41324 +2578
x
x
2
Xususiy kapital o‘rtacha
yillik qiymati, ming so‘m
57466
98790
57466 +41324
x
x
3
Xususiy
kapital
rentabelligi, %
67
42
72
-25
5
-30
10.2 – jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital rentabelligi
darajasi hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga pasaygan. Bunday
o‘zgarishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, ularning ta’sir darajalari
quyidagicha bo‘lgan:
-
birinchi omil, sof foyda summasining hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan
2578 ming so‘mga ko‘payishi xususiy kapital rentabellik darajasini 5 foizga
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan:
72 - 67 = 5 foiz
-
ikkinchi omil, xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymatining hisobot yilida
o‘tgan yilga nisbatan 41324 so‘mga ko‘payishi esa rentabellik darajasini 30 foizga
pasayishiga olib kelgan:
42 - 72 = - 30 foiz
Shunday qilib, “Sharq” fermer xo‘jaligida xususiy kapital rentabelligi
darajasi ikki omilning ta’siri natijasida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan 25
foizga pasaygan. Bunday natija fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanmaydi.
Shu sababli, fermer xo‘jaligi rahbariyati xususiy kapital rentabelligi darajasini
oshirish imkoniyatlarini ko‘rishi lozim.