223
X BOB. XUSUSIY KAPITAL TAHLILI
10.1. Xususiy kapital tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
Mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga integrasiyalashib
borishi, xorijiy investisiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinishi va maxsus iqtisodiy
zonalar tashkil etilayotgan hozirgi sharoitda
xususiy kapital korxonaning
moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chunki,
moliyaviy ahvoliga qarab xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy mustaqilligiga
baho beriladi. Bu biznesni boshqarishda, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini
kengaytirishda va sherikchilik asosida xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dolzarb
masalalardan biridir. Shu sababli, xususiy kapital
holati va undan foydalanish
samaradorligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Xususiy kapital mazmuni va tarkibiga normativ-huquqiy hujjatlarda
mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonunining 19-
moddasi “Xususiy kapitalni hisobga olish” deb nomlanib, “Xususiy
kapital ustav
fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan
foydadan tarkib topadi” deyilgan.
14-sonli “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot” nomli buxgalteriya hisobi
milliy standarti (BHMS)ning 6-bandiga muvofiq “Hisobotda xususiy kapital va
uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi,
ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv
kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan o‘z aksiyalari,
va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak” deb
ta’kidlab o‘tilgan. Bundan ko‘rinadiki, xususiy kapital ustav kapitali, qo‘shilgan
kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), sotib olingan
o‘z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlaridan iborat.
15-sonli “Buxgalteriya balansi” nomli BHMS ning 18-bandiga ko‘ra
“Xususiy sarmoya bo‘limida ustav sarmoyasi, qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya,
sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli
tushumlar, hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak”
224
deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, xususiy
kapital ustav sarmoyasi,
qo‘shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan
foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va
to‘lovlar zaxiralaridan tashkil topadi.
Yuqoridagi
normativ-huquqiy
hujjatlarda
belgilangan
qoidalardan
ko‘rinadiki, xususiy kapital mazmuni va tarkibi bir-biriga yaqin va ayrim
farqlanishlar ham mavjud. Bu holat xususiy kapitalning
huquqiy asoslarida
bo‘shliq mavjudligidan dalolat beradi. Bizningcha, xususiy kapital tarkibi
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni
14-moddasida keltirilgan tarkibda yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Chunki, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
qonuni 7-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” va 14-moddasida
“Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik
kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi” deb belgilab quyilgan.
Xususiy kapital tahlilining asosiy maqsadi xususiy kapital hajmini oshirish
va undan foydalanish samaradorligini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash
hisoblanadi. Ushbu maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishish
mumkin:
-
xususiy kapital tarkibi va uning strukturasi bo‘yicha dinamik o‘zgarishini
o‘rganish orqali umumiy holatiga baho berish;
-
xususiy kapital o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va
ularning ta’sir darajalariga baho berish;
-
xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish va baho berish;
-
xususiy kapital hajmini ko‘paytirish va undan foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish.
Xususiy kapital tahlilini amalga oshirishda quyidagi
axborot manbalaridan
foydalaniladi:
225
-
buxgalteriya balansi;
-
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
-
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
-
xususiy kapitalni hisobga olish uchun mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi
schyotlari ma’lumotlari;
-
boshqa ma’lumotlar (ustav, ta’sis shartnomasi, umumiy majlis qarorlari,
biznes rejadagi xususiy kapital to‘g‘risidagi ma’lumotlar).
Dostları ilə paylaş: