227
Ushbu omillar ta’sirini “Balansli bog‘lanish” usulidan foydalangan holda
quyidagicha aniqlash mumkin:
XK
o‘z
= (UK
1
-UK
0
) ± (QK
1
-QK
0
) ± (RK
1
-RK
0
) ± (TF
1
-TF
0
).
Ushbu omillar ta’siri aniqlangandan so‘ng, ularning ta’sir
darajalari
baholangan holda xulosa qilinadi.
Xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va
ularning o‘zgarish sabablarini aniqlash va xususiy
kapital hajmini oshirish
imkoniyatlarini ko‘rsatib berish maqsadida ikkilamchi omillar ta’sirini tahlil qilib
o‘rganish lozim. Ya’ni, bunda xususiy kapital hajmining o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi har bir omil ko‘rsatkichining o‘ziga (har
bir kapital hajmining
o‘zgarishiga) ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ta’siri o‘rganiladi. Bunday tartibda
tahlilning amalga oshirilishi har bir kapital turining o‘zgarishi
hisobiga xususiy
kapital hajmining aniq o‘zgarish sabablari aniqlanadi va uni oshirish imkoniyatlari
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: